Toshkentdagi talabalar turar joylari xavfsizlik yuzasidan 21-dekabr kuni yopiladi

Toshkent shahrida joylashgan talabalar turar joylari 22-dekabrda bolib otadigan saylovlar munosabati bilan xavfsizlikni taminlash maqsadida 21-dekabr kuni yopiladi. Bu haqda Oliy va orta-maxsus talim vazirligi xabar berdi. Foto: DaryoOliy talim muassasalari talabalari, akademik litsey hamda professional talim muassasalari oquvchilari 2019-yil 20-dekabrdan 2020-yil 6-yanvargacha qishki tatilga chiqadi.Mavzuga doir:Talabalar va oquvchilar uchun qishki tatil kunlari belgilandiVazirlikning qayd etishicha, qishki tatil muddati talabalarga konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda 2019-yilning 22-dekabrida bolib otadigan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga umumxalq saylovlarida ishtirok etishi uchun ozgartirildi.Bundan kozlangan maqsad talaba-yoshlar ozlari yashab turgan hududdan turib saylovlarda ishtirok etishi hamda uzluksiz dam olishlari uchun imkoniyat yaratishdir.Takidlanishicha, Toshkent shahridagi talabalar turar joylarida 89 mingdan ziyod talaba istiqomat qiladi. Muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik korish va xavfsizlik nuqtayi nazaridan 2019-yil 21-dekabr kuni barcha talabalar turar joylari yopiladi.Bunda guruh rahbarlari talabalar turar joyida istiqomat qiladigan har bir talaba bilan muloqotda bolgan holda ularning qishki tatilni mazmunli otkazishlarida komaklashadi, deyiladi vazirlik xabarida.Vazirlikning malum qilishicha, Yangi yil va saylov munosabati bilan avia va temir yol chiptalariga talabning ortishi hamda boshqa uzrli sabablarga kora doimiy yashash manziliga ketishga kechikadigan talabalarga sharoit yaratiladi.Vazirlikning takidlashicha, talabalar turar joyidan hech kim sababsiz chiqarib yuborilmaydi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0