1-yanvardan Toshkentdagi 200 ta avtobusga statsionar validatorlar ornatiladi

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi Umumiy foydalaniladigan transportda yolovchi tashishda yolkira haqini tolashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish togrisidagi qaroriga asosan Toshkent shahri jamoat transportida 2020-yilning 1-yanvaridan yol haqini tolashning avtomatlashgan tizimi joriy qilinishi haqida xabar berilgan edi. Toshkent shahar hokimligi mazkur tizim qanday tartibda yolga qoyilishi haqida malumot berdi.Mavzuga doir:Toshkent jamoat transportida 2020-yil 1-yanvardan QR-kodli chiptalar joriy etiladi Foto: DaryoJamoat transportini avtomatlashtirilgan tizimga otkazish qanday amalga oshiriladi?2020-yil 1-yanvardan Toshkent shahridagi jamoat transportida yolovchi tashishda yol haqini tolashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi. Mazkur tadbir bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.2019-yil dekabr oyi oxirida metropoliten kassalari va Toshshahartransxizmat AJ savdo shoxobchalarida hamda Aloqabank filiallarida transport kartalari sotilishi boshlanadi.Toshshahartransxizmat AJ avtomatlashtirilgan tizimga otishga tayyormi?Yangi tolov tizimini yolga qoyish ishlari BPC billet group xalqaro xolding kompaniyasi hamda Yagona umumrespublika protsessing markazi MChJ bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Ayni paytda ushbu kompaniyaning Rossiyadagi filiali mutaxassislari Toshshahartransxizmat AJ tasarrufidagi avtobus saroylarining haydovchi va chiptachilari hamda gaznachilariga oquv-mashgulotlarini otkazmoqda. Ularda ishtirokchilarga elektron tolov amaliyoti, jamoat transportiga validatorni qanday ornatish va ulardan foydalanish tartib-qoidalari, yangi yol kartalarining afzalligi va boshqa mavzuga oid konikmalar orgatilmoqda.Takidlanishicha, birinchi bosqichda Toshkent shahrida harakatlanayotgan 200 ta avtobusga statsionar validator ornatiladi. Qolganlarida esa chiptachilar qolida mobil validator boladi.Tolov qanday amalga oshiriladi?Ushbu tizim doirasida jamoat transporti uchun yagona transport kartalari, tolovni amalga oshirish imkonini beradigan mobil ilova hamda bir martalik QR chiptalar joriy etiladi. Mazkur kartalarni savdo nuqtalari, metropoliten, avtovokzal, temir yol kassalari va aeroportlardan sotib olish mumkin boladi.Shuningdek, mazkur tizimda yol haqi uchun tolovlarni kontaktsiz bank kartalari (Humo, Uzcard, Mastercard, Viza va boshqalar) orqali amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.Yagona transport kartalarini bank plastik kartalaridagi mablaglar, bankomatlar, kioskalar, toldirish terminallari hamda mobil ilovalar orqali toldirish mumkin boladi.Qayd etilishicha, yangi tizimning yolga qoyilishi natijasida yol haqidan keladigan tushumlar miqdori 1525 foizga kopayadi, tashuvchi korxonalarning daromadlari oshishi orqali harakat tarkibini tizimli yangilashga sharoit yaratiladi. Shuningdek, yonalish tizimlarini maqbullashtirish va samarali rejalashtirish uchun texnologik asoslar yaratiladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0