Kongoda odamlar yashash uchun kurashib, kamyob yovvoyi hayvonlarni ov qiladi (fotogalereya)

Kongo demokratik respublikasi Xalqaro valyuta fondi malumotlariga kora dunyoning eng qashshoq mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Kongo aholisi kun kechirish maqsadida jungli ormonlarida yovvoyi hayvonlarni ovlashga majbur boladi. Davlat xizmatchilari, talabalar va qishloqlar aholisi ov mahsuli bolgan oljalarini mahalliy bozorlardagi olib-sotarlarga pullaydi. Gosht timsoh yoki echkemardan barbekyutayyorlashni hush koradigan shahardagi boyvachchalarga sotiladi. Yangi boylarni ular tanovul qilayotgan hayvonlarning Qizil kitobga kiritilgani va xalqaro miqyosda himoya qilinishi aslo tashvishga solmaydi. Fotograf Tomas Nikolon Mbandaka shahridagi bozorda bolgan va Reuters uchun ovchilar hayotidan fotoreportaj tayyorlagan. Foto: ReutersMatongu va uning dostlari tungi ovdan quruq qol bilan uyga qaytmoqdaMuhammad Esimbo Matongu oyda bir marta ovga chiqadi. Erkak davlat korxonasida ishlashiga qaramay, u olayotgan maosh oilasini boqish uchun kamlik qiladi. U qoshimcha daromad topish uchun ovchilik qiladi. Foto: ReutersOvchilar oldirilgan qizil dumli maymunchani chumolilar yeb ketmasligi uchun osib qoyganTabiat qoriqchilari Matongu kabi ovchilar hayvonlarga qiron keltirgan holda Markaziy Afrika ormonlarida yashaydigan jonivorlarning tez qirilib ketishida aybdor bolayotganini aytib jamoatchilik etiborini tortishga urinmoqda. Foto: ReutersBonobo maymuni goshti bozorda sotilmoqda1990-yillarga qadar Matonguga oxshash ovchilar faqat oziqlanish maqsadida hayvon ovlagan. Ammo katta shaharlardagi odamlar tansiq taomlarni yeb korgach, yovvoyi hayvonlar goshtiga bolgan talab keskin kotarildi, taklif ham osdi ovchilik ham ommaviy kasbga aylandi. Foto: ReutersOv oljalari ortilgan qayiqlar bozor hududiga kirib kelmoqdaMatongu va yuzlab boshqa ovchilarning oljalari Mbandakidagi bozorlarning biriga olib kelinadi. Bu yerda har haftaning jumasida minglab odamlar kemalarda olib kelingan tansiq goshtlarni tomosha qilish va sotib olish uchun yigiladi. Foto: ReutersMatongu uyga qaytishda maymun tanasining yarmini eshkakchilarga sotib olishni taklif qilmoqdaOsmirlik vaqtimda olja topish uchun daryodan onlab kilometr yuqoriga kotarilishimga togri kelgan. Hozir yovvoyi hayvonlar kamida 40 kilometr uzoqlikda yashirinib yuradi, deydi 61 yoshli kongolik ovchi. Foto: ReutersTimsohlar va echkemarlarning goshti bozor rastalaridaMbandaki savdo rastalari atrofini yovvoyi hayvonlar goshtining hidi tutib ketadi. Bu yerda timsoh, echkemar, maymun goshtlari va ormon antilopalarining oyoqlarini xarid qilish mumkin. Foto: ReutersRestoranga kelgan xoranda piton goshtidan tayyorlangan taomni tanovul qilmoqdaKamyob hayvonlarning goshti odatda hamma korishi mumkin bolgan joyda sotilmaydi. Biroq sotuvchidan bonobo maymunining nimtalangan goshti bormi deb soralishi bilan u rasta ostidan chelakda ushbu mahsulotni chiqarib namoyish qilishni boshlaydi. Foto: ReutersBozordan timsoh sotib olgan erkak uning boshini olib, barbekyuda jizganak qilishga tayyorlamoqdaKongo ormonlarida yashaydigan yovvoyi hayvonlarning kop turlari, masalan, bonobo yoki pangolini maymunlari xalqaro jamoatchilik vakillari tomonidan qoriqlanadi. Ammo mamlakat hukumati ushbu kamyob turlarning himoyasiga jiddiy etibor qaratmaydi. Oqibatda ovchilar ularni oldirib, goshtini pullashda davom etaveradi. Foto: ReutersOljalar sotiladigan bozor yaqiniga ornatilgan Butunjahon yovvoyi tabiatni asrash fondi plakatiRasmiy malumotlarga kora, ovchilar har yili Kongo daryosi boyidagi suv havzalari atrofida olti million tonna yovvoyi hayvonlar goshtini qolga kiritadi. Ushbu ulkan ormonlar qitadagi olti mamlakat hududini egallagan. Ular kattaligi borasida faqat Braziliyadagi Amazonka ormonlaridan ortda qoladi. Foto: ReutersOvchi Selestin, uning rafiqasi va qiziMbandakeda hayvonlarni chin dildan yaxshi koradigan mehribon insonlar ham gohida qoliga qurol olib, ov qilishiga togri keladi. Selestin ekolog-talaba va u ham oilasini boqish uchun olja izlashga majbur.Ayrim hayvonlarni ov qilish taqiqlangan. Buni juda yaxshi tushunaman, lekin menga universitetdagi oqishimni davom ettirish va oilamga yordam berishim uchun pul zarur, deydi u. Selestin fotografdan toliq ismini oshkor etmaslikni iltimos qilgan. Foto: ReutersMatonguning xotini oldirilgan maymun goshtidan taom tayyorlamoqdaOrmonda otgan bir necha kunlik ovdan keyin Matongu qolida olja kotarib qishloqqa qaytdi. U bozorga borishdan avval oilasiga oljadan muayyan qismdagi gosht qoldiradi. Bir urinishning ozida 5 dan 100 ming kongo frankigacha (ortacha 30 ming somdan 580 ming somgacha) daromad korish mumkin. Foto: ReutersMatonguning oilasi ota ovlab kelgan maymun goshtidan tayyorlangan taomni tanovul qilmoqdaMatongu ishxonasida 125 ming kongo franki miqdorida oylik oladi (qariyb 740 ming som). Ushbu pullar Matonguning xotini, tortta bolasi, ikkita ukasi va jiyanidan iborat katta oilani boqish uchun kamlik qiladi.Hosh ularni yana qanday yol bilan boqishim mumkin? Gohida oy oxirida maosh olishim ham kechikib ketadi. Bu yer Kongo, biz bu yerda yashab qolish uchun har qanday yolni tanlashga majbur bolamiz, deydi ovchi. Foto: ReutersPaskal ismli ovchi maymunni nishonga olmoqdaTadqiqotlarimiz natijasi qishloq atrofida yashovchi yovvoyi hayvonlarning deyarli qirilib ketganligini korsatdi, deydi Butunjahon yovvoyi tabiatni asrash fondi vakili Mikel Bakanza. Foto: ReutersMilliy park reynjerlari brakonyerni qolga olmoqdaMilliy parklarda ov qilish qonun bilan taqiqlab qoyilgan, biroq kongoliklar momay pul topish ilinjida qoriqlanadigan hududda yovvoyi hayvonlar jungli ormonlaridagiga nisbatan koproq ekani va ov qilish osonroqligi uchun tez-tez bunday jinoyatlarni sodir qilib turadi. Foto: ReutersBozorda sotilayotgan qizil dumli maymun bolasiOvchilar odatda daryo boyida tunda yoki kunduz kuni kichik lager quradi va chakalakzorlardagi ovdan keyin u yerga qaytadi. Quruq qol bilan ortga qaytib bolmaydi, sababi barcha ovchilar oila boqish ilinjida sayyodlik yolini tanlagan. Ular qiyinchilik bilan qolga kiritgan gosht yakunda boylar tomonidan istemol qilinadi. Foto: ReutersMatongu uyi yonida xotini bilanMatongu ovga ketayotgan vaqtida ijaraga qayiq olib, ikkita eshkak, qolbola miltiq, bir nechta patron oqlar va maniok osimligidan tayyorlangan non zaxirasini oladi. Foto: ReutersMaktab oquvchisi brakonyerlardan qutqarilgan bonobo maymuni bolasini kuzatib turibdi. Lola ya Bonobo qoriqxonasiDavlat yoqolib borayotgan yovvoyi hayvonlarni saqlab qolishga jiddiy kirishdi, lekin amaldorlar ham xalqning kamyob goshtga qiziqishi tokis hayot kechirish oqibatida bolmayotganini yaxshi tushunadi. Foto: ReutersPaskal oldirilgan qizil dumli maymuncha va uning bolasi bilan tunda lagerga qaytmoqdaQashshoq ovchilar har qanday olja bilan uyga qaytadi, maymun, ormon antilopasi, timsoh, bogma ilon yoki daryo tongizi. Eng muhimi bozorda ushbu mahsulotni pullash imkoniyatining bolishi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0