Moskvadagi Federal xavfsizlik xizmati binosi oldida otishma yuz berdi

Rossiya poytaxti Moskva shahri markazidagi Federal xavfsizlik xizmati binosi oldida nomalum shaxs avtomatda ot ochdi. Yuzaga kelgan otishma oqibatida jabrlanganlar va halok bolganlar mavjud. Federal xavfsizlik xizmati hujum qilgan shaxslarning yoq qilinganini malum qildi, deb yozmoqda TJournal. Foto: TJournalXabar berilishicha, otishma binoning qabulxonasida yuz bergan. Hujum qilganlarning soni haqida turli malumotlar berilmoqda. RT va Rosbaltning FXXdagi manbalariga tayanib xabar berishicha, uch kishi qabulxonaga kirgan va otishma boshlagan. Ularning ikki nafari qoriqchilar bilan otishma vaqtida yoq qilingan. Shundan song hujum qilgan uchinchi shaxs kochaga qochgan, FXX joylashgan kochadagi binolarning biriga joylashib, otishmani davom ettirgan. Shturm vaqtida mazkur shaxs ham yoq qilingan.Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Jamoatchilik aloqalari markazi hujum qilganlar uch kishi bolganini tasdiqladi. Ular FXXning qabulxonasi binosiga kirgan va otishma boshlagan. Qoriqlash xizmati bilan bolgan otishmada ularning ikki nafari oldirilgan. Uchinchi shaxs esa kochaga qochib chiqqan va otishmani davom ettirgan. Natijada qabulxona binosi qarshisida navbatchilik qilayotgan yol harakati xavfizligi inspektori oldirilgan.FXX tomonidan malum qilinishicha, maxsus xizmatlar mazkur hodisani terakt deb baholamoqda.Jabrlanganlar haqidagi malumotlar ham turlicha, Rossiya Sogliqni saqlash vazirligi otishmada FXXning ikki nafar xodimi ogir tan jarohati olganini malum qilgan. Shuningdek, jarohatlanganlar soni ikki kishi ekanligi haqida ham xabar berilgan. Boshqa manbalarga kora, uch kishi jarohat olgan, ulardan biri vafot etgan.Rossiya Tergov qomitasi holat yuzasidan jinoyat ishi qozgatdi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0