Ozbekistonda kam hosil beradigan bog va tokzorlarni yaroqsiz deb topish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bog va tokzorlarni yaroqsiz deb topish tartibi togrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Huquqiy axborot Telegram kanali malum qildi. Foto: FAONizomga muvofiq, 2020-yildan boshlab har yili 1-oktabrga qadar iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bog va tokzorlar maydonlarining manzilli royxati shakllantiriladi.Bog va tokzorlarni yaroqsiz deb topish, ularning orniga intensiv bog va tokzor barpo etish yoki haydaladigan yerlar toifasiga otkazish tuman (shahar) hokimlari tomonidan Bogdorchilik va issiqxona xojaligini rivojlantirish Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentliklari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.Fermer xojaligi yoki boshqa qishloq xojaligi tashkiloti rahbari hokimning yaroqsiz deb topilgan bog, tokzor orniga intensiv bog va tokzor barpo etish yoki haydaladigan yerlar toifasiga otkazish togrisidagi qaroriga asosan olti oy muddatda bog va tokzorni buzish va dalani daraxt qoldiqlaridan tozalash hamda uning orniga intensiv bog va tokzor barpo etish ishlarini amalga oshiradi.Mazkur tadbirlar belgilangan muddatlarda bajarilmagan taqdirda hokimlik yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini bekor qilish boyicha sudga murojaat qilishi mumkin.Ushbu tartiblar bog yoki tokzori mavjud bolgan fermer xojaliklari va boshqa qishloq xojaligi tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi, dehqon xojaliklari bundan mustasno.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0