Ozbekistonda davlat xaridlari sohasidagi munosabatlar xalqaro talablarga moslashtiriladi

Toshkentda Adliya vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda xarid munosabatlari boyicha xorij tajribasini qollash masalalari boyicha seminar tashkil etildi, deb xabar berdi OzA. Foto: Adliya vazirligiUnda xorijiy mutaxassislar, vazirlik va idoralar, xojalik boshqaruvi organlarining vakillari ishtirok etdi.Seminarda xarid qilish tartib-taomillari, shuningdek, yirik transmilliy kompaniyalarning xarid munosabatlari sohasidagi xalqaro tajriba haqida soz yuritildi. Bundan kozlangan maqsad togridan togri amal qiluvchi qonunni ishlab chiqishdir.Qayd etilganidek, Ozbekiston Respublikasida 2018-yilning aprel oyida davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy yagona hujjat Davlat xaridlari togrisidagi qonun qabul qilingan. Bungacha davlat xaridlari sohasidagi munosabatlar 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar orqali tartibga solingan.Hozirda sohada yangi qonun asosida ishlar samarali tashkil etilmoqda. Davlat xaridlari boyicha maxsus axborot portaliXarid.uz yaratildi. Unda davlat xaridlari sohasidagi qonun hujjatlari va ushbu sohada beriladigan koplab savollarga javob topish mumkin.Davlat xaridlari tartib-taomillarini yanada takomillashtirish maqsadida ushbu sohani va bu boyicha ilgor tajribani organish davom etmoqda. Natijada mavjud qonunni yangi tahrirda qabul qilish ustida ish olib borilmoqda. Zero, sohada zamonga mos yangilanib borayotgan munosabatlar qonunchilikni muntazam takomillashtirishni taqozo qilmoqda.Hozirgi kunda davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlari jarayonlariga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish hamda ushbu jarayonlarda ochiqlik va shaffoflikni taminlashga qaratilgan qoidalarni belgilash dolzarblashdi. Bu yangi tahrirdagi Davlat xaridlari togrisidagi qonun loyihasida ham nazarda tutilmoqda. Shu va boshqa asosiy ozgarishlar haqida Moliya vazirligi vakili batafsil tushuncha berdi.Seminar yakunida ishtirokchilar xarid jarayonlarini boshqarish va tashkil etish sohasida tajriba almashish boyicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0