Pyotr Poroshenko OAVdagi buyurtma maqolalar uchun 100 minglab dollar sarflagani ma’lum bo‘ldi

Ukraina sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoning administratsiyasi ijtimoiy tarmoqlar va OAVda buyurtma maqolalarni chop etish uchun yuz minglab dollar mablag‘ sarflagan. Buni tasdiqlovchi hujjatlarning bir qismi Kyiv Post nashri qo‘liga tushgan. Foto: ReutersQayd etilishicha, hujjatlar Poroshenko administratsiyasining axborot siyosati departamenti aloqalar bo‘limi sobiq rahbari Vladimir Gorkovenkoning kabinetidan topilgan. Shu bilan birga, sobiq amaldor idorada hech narsa unutmaganligini ta’kidlab, hujjatlarning haqiqiyligini inkor etgan.Ushbu materiallarda aytilishicha, sobiq davlat rahbarining administratsiyasi Ukraina ommaviy axborot vositalarida turli maqolalarni nashr etishni buyurgan, siyosatshunoslar uchun ichki kun tartibidagi dolzarb mavzular, jumladan, kadrlar tayinlash masalalari bo‘yicha sharhlar tayyorlagan, shuningdek, tashkil etilgan kichik partiyalarning saylovoldi reklamasiga homiylik qilgan. Bundan tashqari, hujjatlar orasida Postmen agentligidan ijtimoiy tarmoqlar bilan hamkorlik qilish strategiyasi ham topildiSiyosiy konsultant Yekaterina Kovalning ma’lum qilishicha, u bir necha yil mobaynida Poroshenkoni ijtimoiy tarmoqlarda qo‘llab-quvvatlagan o‘nlab blogerlar bilan hamkorlik qilgan. Blogerlarga bu ish uchun oyiga bir yarim ming dollargacha maosh to‘langan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0