Saylovlarni kuzatish uchun 131 nafar xorijiy OAV vakili hamda 825 nafar xalqaro kuzatuvchi akkreditatsiyadan otkazildi

19-dekabr, payshanba kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bolib otdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyat rahbari Xudoyor Mamatov bugungi kunga qadar saylovni tashkil qilish boyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazi xabar berdi. Xudoyor MamatovFoto: Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markaziShu bugunga qadar akkreditatsiyadan otkazilgan xorijiy OAV vakillari soni 131 nafarga yetdi.Malum qilinishicha, mamlakatda tashkil etilgan 10 260 ta hamda xorijiy davlatlarda tashkil etilgan 55 ta saylov uchastkasida 12-dekabrdan 18-dekabr soat 18:00 ga qadar saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berish jarayoni otkazildi. Muddatidan oldin ovoz berish jarayonida Ozbekiston boyicha 59 226 nafar saylovchi hamda xorijiy davlatlarda 89 807 nafar saylovchi ishtirok etgan. Foto: Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markaziXabar berilishicha, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini otkazuvchi 150 ta saylov okrugi kesimida jami 21 millionga yaqin saylov byulleteni chop etilib, hududlardagi okrug saylov komissiyalariga toliq yetkazib berilgan.Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning jami 825 nafar kuzatuvchisi akkreditatsiyadan otkazilgan va ularga mandatlar topshirilgan. Ular 9ta xalqarotashkilot va 41 ta xorijiy davlat vakillari hisoblanadi.Qayd etilishicha, Markaziy saylov komissiyasiga fuqarolar tomonidan bugungi kunga qadar jonatilgan yozma murojaatlar soni 452 tani tashkil etgan. Ularning yarmidan ortigi turli tashkilotlarga, shuningdek, prokuratura organlariga 60 dan ortiq murojaat korib chiqish uchun yuborilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0