Karina Vichak loyihasi asosida qurilgan mashhur logotiplar shaklidagi uylar (fotogalereya)

San’atkorlarni har qanday voqea yoki buyum, belgi ilhomlantirishi mumkin, hatto o‘zga ijodkorlarning asarlari ham. Polshalik arxitektor Karina Vichak mashhur logotiplardan ilhomlanib o‘ziga xos uylar kompleksini yaratdi. Karinaning g‘oyasi asosida Mitsubishi, Renault, Chevrolet va Adidas logotiplariga o‘xshash uylar qad rostladi, xonadonlarning ichkarisi mehmonxona, yotoqxona va yuvinish xonalariga ega odatiy uylardagidek jihozlangan. Har bir xona logotip g‘oyasiga hamohang! Foto: Big PictureBirinchi bino Trihouse nomini olgan — u Adidas logotipi shaklida. Foto: Big PictureTrihouse shisha devor va tomlar ajratib turadigan uchta beton qismdan iborat. Binoning shakli uchburchakni eslatadi va umumiy maydoni 560 kvadrat metrga teng. Foto: Big PictureUy to‘rt qavatdan iborat — dastlabki ikki qavatda oshxona, ovqatlanish xonasi, mehmonxona, kutubxona va boshqa xonalar joylashgan. Uchinchi va to‘rtinchi qavatlarda yotoqxona va yuvinish xonalari mavjud. Foto: Big PictureIkkinchi bino Crosshouse deb ataladi. U Chevrolet logotipi shaklida. Foto: Big PictureKarinaning g‘oyasi bo‘yicha uy suvda joylashgan va xoch shaklida. Binoning tashqi tomoni shisha bilan o‘ralgan. Umumiy maydoni 245 kvadrat metrni tashkil qiladi, ushbu hududga ikkita qavat va mezonin kiradi. Oshxona, ovqatlanish zali va mehmonxona shisha devorlar bilan o‘ralgan qismiga yaqin joylashgan, yotoqxona va yuvinish xonasi binoning qarama-qarshi tomonida.Uchinchi bino Pyrahouse deb nomlangan va Mitsubishi logotipini eslatuvchi romb shaklida. Foto: Big PictureUyning quyi qismi 320 kvadrat metr maydonga ega va betondan qurilgan, kiraverishdagi zina chordoq va kichik yo‘lakka boshlaydi. Birinchi qavatda mehmonxona, oshxona, ovqatlanish xonasi va kutubxona joylashgan. Piramidaning yuqori qismida yotoqxona va yuvinish xonasi bor.Rhombhouse uychasi Renault logotipi shaklida qurilgan. Foto: Big PictureArxitektor binoni romb shaklida qurishni taklif etgan, markazda ikkala tomonni ham shaffof ko‘rsatadigan shisha devorlar o‘ragan. Oshxona, mehmonxona va kutubxona birinchi qavatda, yotoqxona, yuvinish xonasi va garderob ikkinchi, qo‘shimcha yotoqxona, kabinet va yana ikkita vannaxonasi uchinchi qavatda joylashgan. Uyning umumiy maydoni 270 kvadrat metrni tashkil qiladi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0