IIV rasmiysi: Semizlik darajasini kamaytirishga erishmagan xodimlarga imkoniyat taqdim etilgan

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning mart oyi boshida Namangan viloyatiga tashrifi chogida ichki ishlar vazirligida faoliyat yuritayotgan ortiqcha vaznga ega xodimlar haqida gapirib otgandi. Shundan song bu borada qanday ishlar amalga oshirilganligi togrisida Ichki ishlar vazirligi rasmiysi 19-dekabr, payshanba kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida otkazilgan matbuot anjumanida munosabat bildirdi. Bu haqda Daryo muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.Mavzuga doir:Shavkat Mirziyoyev: Vazni ortiqcha xodim qanday qilib jinoyatchini tutadi? Foto: DaryoIIV Kadrlar bosh boshqarmasi bolim boshligi Farid Abdiyevning malum qilishicha, tanqiddan song tizimdagi tibbiyot xizmatlarida har bir xodimning qaytadan vazni olchab chiqilgan. Belgilangan meyordan ortiq bolgan xodimlar royxati alohida yuritilib, bu boyicha tibbiy profilaktika ishlari olib borildi. Oz ustida ishlamayotganlar ham royxatga olingan. 2020-yilning birinchi choragi davomida patrul-post xizmati, YPX xodimlari attestatsiyadan otkaziladi. Shu jarayonda ularning ishda qolish yoki qolmaslik masalalari korib chiqiladi.Oz ustida ishlamagan, semizlik darajasini kamaytirishga erishmagan xodimlarga malum muddatga imkoniyat taqdim etilgan. Tibbiy yonalish va ovqatlanish ratsioni boyicha tavsiyalar berilgan. Bundan tashqari jismoniy tayyorgarlik borasida ham mashgulotlar otkazilgan, dedi Farid Abdiyev.Daryo manbasining aytishicha, tadbirda ortiqcha vaznga ega xodimlar soni 30 foizga kamaygani takidlab otilgan. Ammo ular boyicha aniq statistik malumotlar oshkor etilmagan.Eslatib otish joizki, davlat rahbari Namanganda bolib otgan faollar yigilishida Bizga ortiqcha vaznga ega zobit, ichki ishlar xodimi kerak emas. Bu holatda qanday qilib jinoyatchini tutadi? Sport bilan shugullansin. Bu menga emas, ozlariga foyda. Muddat beramiz: uch oymi, olti oymi, shu vaqt ichida ozini onglab, meyordagi vaznga tushsin, degan edi.Shuningdek, Prezident jismoniy tarbiya va sportga etibor nafaqat ushbu tizimlarda, balki barcha darajada kuchaytirilishi, soglom millatga aylanish, salbiy illatlar, xususan, ichkilikbozlikka qarshi muntazam kurashish lozimligini takidlagandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0