Komil Allamjonov gazetalarning bugungi kunga moslashishi kerakligini takidladi

Ozbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov gazetalarning bugungi moliyaviy ahvoli haqida oz fikrlarinibildirib, ularning zamonga moslashishi kerakligini takidladi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi. Foto: Telegram/Komil AllamjonovYangi Ozbekiston yangi saylovlar munozara klubining navbatdagi tadbiri davomida agentlik direktori bugungi kunda nega internet jurnalistikasi gazetalarga nisbatan tezroq rivojlanayotgani haqidagi savolga javob berdi.Komil Allamjonovning qayd etishicha, mazkur tafovut bugungi davr talabi hisoblanadi. Gazetalar ham sekin-sekin bunga moslashishga majbur. Uning sozlariga kora, hozir shunday jarayon ketyaptiki, gazeta jurnalistikasi internet jurnalistikasiga moslashishi kerak. Barcha gazeta tahririyatlariga internetga otishni boshlash kerakligi haqida tavsiya berilmoqda.Agentlik direktorining takidlashicha, internetning auditoriyasi gazetaning auditoriyasiga qaraganda juda katta va har bir jurnalist oz materialini koproq odam oqishini, koproq tarqalishini xohlaydi.Gazetalarning iqtisodiy ahvoli haqida gapirgan Komil Allamjonov bu boyicha kuni kecha prezident qarori chiqqanini qayd etib otdi. Bu masala boyicha, umuman, bosma OAVning iqtisodiy ahvolini yaxshilash, ularning xodimlari oylik maoshini korib chiqish masalasida takliflar berish kerak.Komil Allamjonovning malum qilishicha, ayni paytda bosma OAVlarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash masalasi korib chiqilmoqda, yangi jamgarmalar joriy qilinyapti, ularning moliyaviy manbalari belgilanyapti.Uning sozlariga kora, davlat avval gazetalarga majburiy obuna bilan yordam bergan. Majburiy obunaning hisobidangina gazetalar faoliyat yuritgan. Bugungi kunda esa faqatgina hozirgi davrga moslashish kerak, shundagina togri faoliyat olib borish mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0