UzAuto Motorsning Xorazmdagi zavodida 200 minginchi avtomobil ishlab chiqarildi

UzAuto Motors kompaniyasining Xorazm filiali ishlab chiqarish tarmogi konveyeridan 200 minginchi avtomobil chiqdi. Yubiley modeli Damas avtomobili boldi. Bu haqda Ozavtosanoat tomonidan malum qilindi. Foto: OzavtosanoatTakidlanishicha, UzAuto Motorsning Xorazmdagi avtomobil zavodiga 2013-yilda asos solingan. 2014-yil 6-yanvarda zavoddan birinchi Damas chiqarilgan. Bugungi kunda korxonada Damas va Labo avtomobillari ishlab chiqarilmoqda.AvvalroqUzAuto Motors zavodi tomonidan 2019-yilning yanvarnoyabr oylari davomida jami 253 421 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, UzAuto Motors avtomobillari Saudiya Arabistoniga eksport qilinishi mumkinligi haqida ham malum qilingan edi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0