Samarqanddaayolni dopposlab, holatni videoga olib tarqatgan 2 erkakka nisbatan sud hukmi oqildi

Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida yashovchi F.U.ni Qum-ota buva fermer xojaligi dalasida fermer xojaligi raisining ukalari haqoratlab, kaltaklagani haqida xabar berilgan edi. Fuqaro F.U.ga nisbatan zoravonlik qilgan shaxslarga nisbatan sud hukmi oqildi. Bu haqda Daryo muxbiri xabar berdi. Foto: Gazeta.uzMalum bolishicha, 2018-yilning 26-oktabr kuni soat 03:00 atrofida I.O. ozganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, akasi B.O. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, mahalladoshi F.U.ni goyoki Oqdaryo tumanidagi Qum-ota buva fermer xojaligi yer maydonida ekib parvarishlagan mosh poyasini ogirlashda gumon qilib uni ushlab olgan.I.O. ozining jinoiy xatti-harakatlarini davom ettirib, akasi B.O. bilan F.U.ni urib, dopposlab, uni ogriqli tasirlar bilan qiynagan. Shuningdek, F.U.ga jismoniy azob berib, uning belida bolgan qizil rangli piyoz xalta bilan qollarini orqaga qayirib boglab, unga zorlik ishlatish yoli bilan gayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilgan. Qiynoq holatini tasvirga olib, tayyorlangan zoravonlikni targib qiluvchi videoni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan.Bundan tashqari I.O. akasi B.O.ga F.U.ga hayoti va sogligi uchun xavfli bolmagan zorlik ishlatib, uni dopposlagan. Qulogida bolgan bir juft bahosi 2 000 000 somlik tilla sirgalari va bir dona 1 000 000 somlik Samsung Galaxy J-1 ACE rusumli telefon apparatini, umumiy bahosi 3 000 000 somlik mol-mulklarini ochiqdan ochiq talon-toroj qilgan.Jinoyat ishlari boyicha Oqdaryo tumani sudining raisi Ilyos Doniyorovning malum qilishicha, I.O. Ozbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 110-moddasi 1-qismi (Muttasil ravishda dopposlash yoki boshqa harakatlar bilan qiynash), 130-1-moddasi 2-qismi b bandi (Biri guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib zoravonlikni yoki shafqatsizlikni targib qiluvchi mahsulotni tarqatish), 138-moddasi 2-qismi a bandi (jismoniy azob berib, zorlik ishlatib gayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) va 166-moddasi 2-qismi a,v bandlari (hayot va sogliq uchun xavfli bolmagan zorlik ishlatib; bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib talonchilik sodir etish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 3 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.Sudlanuvchi B.O. Ozbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 28,110-moddasi 1-qismi, 130-1-moddasi 2-qismi b bandi, 28,138-moddasi 2-qismi a bandi va 166-moddasi 2-qismi a,v bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 4 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.Mavzuga doir:Samarqandda fermerning ukalari xojalikda ishlagan ayolni kaltaklab, buni videoga oldi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0