BMT: Migrantlar uylariga yuborayotgan pul otkazmalari rivojlanayotgan davlatlarga korsatilayotgan rasmiy yordam miqdoridan uch baravar kop

Migrantlar jamiyatning ajralmas qismi, ular oz yurtlari va hozirda yashayotgan davlatlarining barqaror rivoji uchun xizmat qiladi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish 18-dekabr, chorshanba kuni nishonlangan Xalqaro migrant kuni munosabati bilan yollagan bayonotida malum qildi, deya xabar beradi Gazeta.uz. Foto: Gazeta.uzJoriy yil ortalaridagi hisob-kitoblarga kora, jahonda vatanini tark etgan va xorijga yol olgan 270 million atrofida migrant mavjud. Ular dunyo aholisining 3,5 foizini tashkil etadi.Bosh kotibning takidlashicha, qochoqlardan farqli olaroq migrantlar boshqa mamlakatlarga hayotidan xavfsiragani uchun emas, balki pul topish yoki talim uchun yol oladi. Ular tomonidan uylariga yuborilayotgan pul otkazmalari hajmi rivojlanayotgan davlatlarga korsatilayotgan rasmiy yordam miqdoridan uch baravar kop. Otgan yili bu summa 689 milliard dollarni tashkil etgan.Xavfsiz, tartibga solingan va qonuniy migratsiya umummanfaat uchun xizmat qiladi. Migratsiya masalalaridagi milliy ustuvorliklar esa xalqaro hamkorlik asosida samaraliroq amalga oshiriladi, deyiladi Guterrishning bayonotida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0