Kattaqorgon tuman hokimligi maktabda sauna qurilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Samarqandda maktabga tegishli bolgan hududda sauna qurilgani tarqalganligi haqidagi xabar yuzasidan Kattaqorgon tuman hokimligi ishchi guruh tashkil qilib, holatni organib chiqdi. Bu haqda Daryoga tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi. Foto: Kattaqorgon tuman hokimligi axborot xizmatiOrganish davomida aniqlanishicha, tuman hokimligi huzuridagi yer ajratish komissiyasi xulosasiga kora qonuniy asosda tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanish uchun yer maydoni ajratib berilgan. Bu vaqtda ajratilgan yer maydoni 41-umumtalim maktabiga qarashli bolmagan, yani tuman hokimligi zaxirasidagi yerlar hisobida bolgan.Sarayqorgon mahallasi, Burqut qishlogida yashovchi Saloydin Eshquvvatovga tuman hokimining 2015-yilgi 641-Q-sonli qaroriga asosan mini-futbol maydonchasi qurish uchun tegishli tartibda yer maydoni ajratib berilgan. 2017-yilning 2-mart kungi 2009-Q-sonli qaroriga asosan Mulk huquqini tan olish togrisidagi qarori chiqarilgan.Tuman hokimining 2017-yil 12-iyun kungi 1997-Q-sonli qaroriga asosan bolalar yechinish-kiyinish, dush va sauna xonalari Saloydin Eshquvvatovga qarashli bolib, 41-umumtalim maktabi yer balansidan chiqarilgan.Saloydin Eshquvvatovga qarashli yechinish-kiyinish xonalari, kirish zali, basseyn, dush va sauna xonalari SanPiN talablariga javob beradigan holatda qurilgan. Dush va sauna binosini qurish ishlari oxiriga yetkazilmagan, shu sababli hozirgacha ishlatilmagan.Dush va sauna maktab binosidan 60 metr uzoqlikda joylashgan bolib, binoning maydoni 146,32 metr kvadratni tashkil etadi. Hozirgi kunda 41-umumtalim maktabining umumiy maydoni 4,08 gektarni tashkil etadi. Maktab oqituvchi va oquvchilari kirib-chiqishi uchun 2 ta alohida darvoza mavjud. Dush va sauna hamda mini-futbol maydoni maktab mamuriyati uchun noqulayliklar tugdirmaydi. Hozirgacha maktab mamuriyatidan tuman xalq talimi bolimiga ushbu holat boyicha hech qanday shikoyat va ariza tushmagan.Ayni paytda tadbirkor tomonidan qurilgan mini-futbol maydonidan maktab oquvchilari ham jismoniy tarbiya darsi paytida foydalanib kelmoqda. Qurilgan mini-futbol maydoni, dush va sauna maktab uchun hech qanday noqulaylik tugdirmaydi. Qolaversa, hozirda mazkur dush va sauna umuman faoliyat korsatayotgani yoq. Foto: Kattaqorgon tuman hokimligi axborot xizmatiIshchi guruh organish jarayonida malum bolishicha, murojaatchi tadbirkor Saloydin Eshquvvatovning ogay opasi ekanligi, ular ortasida qirq yildan buyon davom etib kelayotgan kelishmovchilik sabab ushbu yolgon xabar bilan uning tadbirkorlik faoliyatiga xalaqit berishga urinayotganligi aniqlandi.Maktabda ishlayotgan turmush ortogi va turmushga chiqqan ikki qizi haqiqatda oliy malumotli oqituvchilar bolib, ularning maktabda ishlashlari qonunga zid emas. Ijtimoiy tarmoqda berilgan videolavhadagi gaplar voqea joyida organilganida asossiz ekanligi aniqlandi, deyiladi xabarda.Mavzuga doir:Samarqandda maktabga tegishli bolgan hududda sauna qurilgani malum boldi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0