Bosh prokuratura nomalum shaxslar tomonidan ogirlanib, kaltaklangani aytilgan fuqaro boyicha rasmiy malumot berdi

16-dekabr, dushanba kuni Facebookijtimoiy tarmogida fuqaro Amir Sharifullin Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan hech qanday chora korilmasdan, uning murojaati yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmayotganligi togrisida tarqalgan xabar Bosh prokuratura tomonidan organildi. Foto: AsiaTerraAniqlanishicha, mazkur holat yuzasidan 15-dekabr, yakshanba kuni Mirzo Ulugbek tumani IIO FMB 6-son Ichki ishlar bolimi Tergov bolinmasi tomonidan nomalum shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi b bandi (Bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik sodir etish) bilan jinoyat ishi qozgatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.Jinoyat ishi boyicha jabrlanuvchi Amir Sharifullin oz korsatmasida, 10-dekabr kuni uni yashash uyi oldidan qora rangli Spark avtomashinada nomalum shaxslar olib ketganligini bildirgan.Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu avtomashinani Toshkent shahrida yashovchi muqaddam Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga ogir shikast yetkazish) 3-qismi, 277-moddasi 3-qismi va 105-moddasi (Qasddan badanga ortacha ogir shikast yetkazish) 2-qismi bilan sudlangan 28 yoshli S.Q. boshqarib kelganligi aniqlangan.Mavzuga doir:Toshkent shahar IIBB ozining nomalum shaxslar tomonidan ogirlanib, kaltaklanganini aytgan fuqaroning murojaatini organadiJinoyat ishi yuzasidan soroq qilingan S.Q. oz korsatmasida tanishi Toshkent shahrida yashovchi 1994-yilda tugilgan, Toshkent Davlat Sharqshunoslik insitituti 2-bosqich talabasi, muqaddam Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan bir necha marotaba sudlangan J.M. bilan birgalikda 10-dekabr kuni fuqaro Amir Sharifullindan Lirika va Tropikamid dori vositalarini sotib olish maqsadida borgan.Uning aytishicha, Amir Sharifullin Lirika va Tropikamid dori vositasini Chilonzor tumanidan olib berishini aytib, ular bilan avtomashinaga otirib, Chilonzor tumani 23-mavzega borishganida Amir Sharifullin psixotrop moddasini oz yonidan chiqarib bergan. Shu sababli uning yolgon gapirganligiga chiday olmay, yuz qismiga bir-ikki marotaba urgan.Qayd etilishicha, hozirda ushbu jinoyat ishi boyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan bolib, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0