Afgonistonga borish avval ham xavfli bolgan. Avloniy filmi haqida

Avloniy filmining namoyishi boshlanganiga ancha boldi. Film muhokamalarga sabab boldi, OAVda va blogosferada u bilan bogliq masalalar yoritildi. Bildirilgan fikrlar orasida tanqidiylari ham anchagina. Tanqidlar har qancha asosli bolmasin, fikrimcha, bu filmni korish kerak. Imkon qadar koproq tomoshabin unga tushishi lozim. Shuning uchun, muhokamalar biroz tinchiganidan foydalanib, uni oquvchilarga va kino muxlislariga yana bir bor eslatib qoyishga qaror qildim. Nega bu filmni koproq odam korishi kerak deb hisoblayman? Buni quyida tushuntirishga harakat qilaman.Eslatma: taqrizda spoylerlar bor.Bir ijobiy tendensiyani qayd etib otay. Uzoq yillar ozbek kinematografi tarixiy mavzuga yaqinlashmadi. Olovli toshlar orniga charm gildiriklar yoqilgani bilan esda qolgan Buyuk Amir Temur seriali, yarim afsonaviy, yarim tarixiy filmlardan song yo kinochilar otmish mavzusiga qol urishga qorqib qoldi, yo davlat ularga budjet ajratmay qoydi. Foto: Facebook / AvloniyOxirgi ikki yil ichida tarixiy mavzuga qiziqish qayta tirildi. Tortta yirik tarixiy kartina suratga olindi: Islomxoja, Berlin Oqqorgon, Qoqon shamoli, Avloniy. Qoqon shamoli hali keng ommaga taqdim etilmadi. Avloniy va ayniqsa Islomxoja kop tanqidlarga uchradi. Shunga qaramay, yuqorida sanab otilgan filmlar ozbek kinematografi uchun oziga xos turtki bolib xizmat qiladi deb oylayman.Birinchidan, tarixiy filmlarga yana pul ajratila boshlandi. Qisqa muddatda tort-besh loyihaga katta mablag ajratilganini inobatga olsak, bunday filmlar kopayib borishiga umid qilsa boladi.Ikkinchidan, tanqidlarga qaramay, yangi tarixiy filmlar oldingilardan tubdan farq qiladi: ular chinakam tarixiy film. Margiyona, Alpomish va boshqa eski tarixiy-afsonaviy kinolarni eslang. Ularda tarixiy kontekst orqa fon bolib xizmat qiladi: qahramonlar zamona ruhini aks ettirmaydi, ekranda V asr bolsa ham, XVI asr bolsa ham, odamlar bir xil kiyinadi, bir xil shaharlarda, uylarda yashaydi; qopol qilib aytganda, Tomaris ham, Amir Temur ham bir xil qilichdan, bir xil oq-yoydan foydalanadi. Menimcha, eski filmlar olinganida kinochilar detallarga umuman etibor qaratmagan (balki imkoniyati bolmagandir), omborxonada bor kiyim-kechak, qurol-yarog va anturajdan foydalangan.Yangi tarixiy filmlar esa zamonasini aks ettiryapti. Qoqon shamoli bilan Avloniyda mutlaqo boshqa davr, boshqa lokatsiya, boshqa libos, boshqa dunyoqarash korsatib berilgan. Yani, mavjud kamchiliklarga qaramay, ozbek tarixiy kinosi yangi sifat bosqichiga kotarildi.Nihoyat, film ijodkorlari tarixiy hujjatlar bilan ishlayapti, professional tarixchilarni ssenariynavislikka va maslahatchilikka jalb etyapti, faktlarni, voqealarni, zamon qiyofasini sinchiklab organyapti, davrga chuqurroq nazar tashlashga urinyapti. Bir soz bilan aytganda, intellektual kino paydo bolyapti.Shunday qilib, yuqoridagi sabablarga kora tarixiy kino oyoqqa tura boshlaganini ijobiy hodisa deb baholayman. Albatta, bu ekranlarga chiqayotgan tarixiy filmlarni tanqid qilmaslik kerak degani emas. Xato-kamchiliklarni korsatish lozim busiz soha rivojlanmaydi. Men ham Avloniyning yutuq va kamchiliklarini korsatib otaman.SyujetFilm taniqli marifatparvar Abdulla Avloniy hayotida roy bergan real voqea Afgonistonga safar tafsilotlariga bagishlanadi. Uzoq davom etgan, sarguzasht va xavf-xatarga boy bu safar haqida Avloniy sayohatnoma yozib qoldirgan. Uning asosida, oz navbatida, Tohir Malik Qaldirgoch nomli qissa yaratgan. Film ssenariysi shu qissaga asoslanadi.Afgonistonning islohotchi amiri Omonullaxon (Hamza Hasanov) tashqi siyosatda Buyuk Britaniya bilan muvozanat hosil qilish maqsadida SSSRga murojaat etadi. SSSR, tabiiyki, Afgonistonga kirish imkoniyatini qoldan boy bermay, darhol Nikolay Bravin (Gleb Golender) boshchiligida diplomatik missiya hozirlaydi. Kutilmaganda missiyaga mahalliy aholi vakili shoir Abdulla Avloniy Miravlonov (Alisher Yoldoshev) ikkinchi elchi sifatida kiritiladi. Bundan kozlangan maqsad Afgoniston xalqini tushunadigan, mahalliy tillarni, shart-sharoitni biladigan ziyoli va ayni paytda bolsheviklarga sodiq odamga ega bolish edi. Avloniy rozi boladi va missiya bilan birga yolga chiqadi. Ammo diplomatik safar koplab qiyinchiliklarga duch keladi. Turkman bosmachilarining olomonidan tortib ideologik dushmanning maxfiy agentigacha filmda hammasi bor.Ayni paytda Samarqanddan Britaniya bilan ittifoq tuzgan qadimchilar Afgonistonga Mirkomilboy (Muhammadali Abduqunduzov) rahnamoligida oz delegatsiyasini yuboradi. Qadimchilar bolsheviklardan oldin yetib borish uchun qolidan kelgan hamma ishni qiladi. Qaysi missiya birinchi bolib Omonullaxon qabuliga yetib borishi mintaqa geosiyosatini tubdan ozgartirib yuborishi mumkin. Shu bois tomonlar qon tokishdan ham toymaydi. Filmdan kadrTinch-totuv hayotga organgan shoir va pedagog Avloniy murakkab siyosiy oyinlar ichiga kirib qoladi va ozgarishga majbur boladi.Postanovka va rejissuraKartina Avloniy bolsheviklar bilan hamkorlik qilgan davrni yoritadi. Kompartiya goyalariga ishonch bildirib, shu asosda mintaqa kelajagini qurishga umid qilgan marifatparvar uzoq ikkilanishdan song prinsiplaridan voz kechib, siyosatga bosh suqadi. Bolsheviklar bilan hamkorlik tajribasi, xususan, Afgonistonga safar uning hafsalasini pir qiladi. Avloniy qaytib siyosatga aralashmay, qolgan umrini ijodga bagishlaydi.Film rejissori Muzaffarxon Erkinov mana shu jarayonni Avloniydagi evrilishni, uning atrofida kechayotgan siyosiy intrigalarni ochib berishga urinadi. U buning uddasidan qay darajada chiqadi?Filmning shubhasiz yutugi uning keng miqyosli va kop chiziqli ekanidadir. Goyani ochib berish uchun rejissor Turkiston, Buxoro, Afgoniston shaharlarini detallarigacha chizib beradi: Toshkent, Samarqand, Kobul, Hirot manzaralari bir-biridan sezilarli farq qiladi, hattoki Hirotning mashhur tarixiy obidalari va shahar atrofidagi toglar haqqoniy korsatiladi. Shaharlar, qishloqlar, davr odamlarining turmush tarzi koz oldimizda gavdalanadi, tasavvur uygonadi. Filmdan kadrBundan tashqari, qahramonlarining libosiga, ozini tutishiga, siyosiy qarashlariga etibor beriladi. Deylik, missiya rahbari Nikolay Bravin aslida bolshevik emas, tajribali diplomat sifatida ular bilan hamkorlik qiladi. Menimcha, bazi rejissorlar bu tafsilot tomoshabinga qiziq bolmaydi degan xayolda uni tashlab ketgan bolardi.Balki rejissor shunday detallarga, siyosiy suhbatlarga kop etibor qaratgani uchun film biroz sokin, zerikarli dinamikaga egadir? Harqalay, mendan oldingi taqrizchilar shunga yaqin fikrlarni aytdi. Menga kelsak, buni filmning kamchiligi deb hisoblamayman, ayni paytda bu ortastatistik tomoshabinni kinoga jalb etishni qiyinlashtirishini tan olaman.Kino mualliflari juda kop mehnat qilgani, tarixiy detalizatsiya, qahramonlarning tarjimai holi ustida uzoq ishlagani korinib turibdi. Shunga qaramay, kozlangan goya tola ochib berilmagan. Bu, menimcha, rejissuradan tashqari, ssenariy, aktyorlar ijrosi va montajdagi nuqsonlarga bogliq.IjroFilm bayonida muvozanat buzilganday: missiya ishtirokchilari bolmish Nikolay Bravin, Veniamin Zibarov (Anvar Kartayev), Valentina Sinelnikova (Diana Sherezdanova) ortasidagi dialoglarga juda katta orin berilgan, bazan ular Abdulla Avloniyni chetga surib chiqarib qoyadi hatto. Fleshbeklar va yirik planlargina kim bosh qahramonligini eslatib turadi. Filmdan kadrKastingda aktyorlarning tarixiy prototiplarga oxshashligiga juda katta etibor berilgan: Avloniy, Omonullaxon va boshqa qahramonlarning tashqi qiyofasi tarixiy suratlardan chiqib kelgandek goyo. Lekin bazi orinlarda tashqi oxshashlik ijro mahorati yetishmasligini kompensatsiya qila olmagan.Alisher Yoldoshev Abdulla Avloniy qiyofasini juda yaxshi jonlantirgan, lekin xarakterini ochib berishda oqsagan. Ochigi, Avloniyga qaratilgan tanqidlarning katta qismi bosh qahramon bilan bogliq: Avloniy voqealarning passiv ishtirokchisi bolib qolgani, ularga hech qanday tasir otkaza olmagani bot-bot takidlandi.Buni rejissor ham yaxshi tushungan korinadi: bazi orinlarda Avloniyning syujetdagi ahamiyatini baholi qudrat oshirish uchun ortiqcha, ishonarsiz epizodlar qoshilgan. Katta diplomatlar turganida oddiy shoir missiyadagi sotqinni topish ishlarida faol qatnashadi, asirlarni soroq qiladi, qonli toqnashuvlarda qatnashadi.Bu, albatta, Avloniyning syujetdagi ahamiyatini kutilganichalik oshirib qoymagan, lekin gap boshqa yoqda: real voqealarda ham Avloniy juda faol bolmagan, koproq kuzatgan. Syujet fokusini faolroq obrazlardan bosh qahramon hisoblanmish passiv shoirga kochirish uchun, nazarimda, uni koproq yugurtirish kerak emasdi. Boshqa rejissorlik priyomlaridan foydalanish mumkin edi. Avloniyni tolaqonli kuzatuvchiga aylantirib, diqqatni uning kuzatuvlariga kochirish mumkin edi. Shunchaki voqealarni kuzatib, ular haqidagi xulosalarini tomoshabinga yetkazib turadigan bosh qahramonlarni jahon kinosida kop uchratish mumkin.Avloniyda fleshbeklarga qayta-qayta murojaat etilgan. Ular yordamida qahramon hayotidagi eng muhim voqealar korsatib berilgan: maktabi qadimchilar tomonidan toshboron qilinishi, ilk teatr namoyishi, Munavvarqori (Akmal Mirzo) bilan suhbatlar. Fleshbeklardan unumliroq foydalanib, Avloniy kim bolganini, qanday qilib bolsheviklar bilan hamkorlikka kelganini ochib berish mumkin edi. Bu uning obrazini yanada jonlantirar edi.Yana bir masala. Film avvalo Avloniyni yaxshi taniydigan ozbek auditoriyasiga moljallangan. Avloniy kim, nega u haqda film olinyapti bu savollarga javob berilmaydi. Kartina boshqa davlatlarda namoyish etilsa, bunday savollar tugilishi muqarrar. Fleshbeklardan foydalanib, yol-yolakay uning shaxsini ochib ketish mumkin edi.Nihoyat, uchinchi, eng murakkab, lekin eng samarali priyom: mahoratli aktyor mimikasi bilan, xatti-harakatlari bilan Avloniyning xarakterini, voqealar rivoji asnosida unda bolayotgan ozgarishlarni ochib bera olardi. Alisher Yoldoshev harakat qiladi, lekin u qollagan priyom ikki qoli bilan biror narsaga suyanib, bukchaygancha gazablanish kerakli natijani bermaydi. Avloniydagi evrilishlarni nigohlari aytib turishi kerak edi. Buni, afsuski, kormadim. Filmdan kadrBuni ornini toldirish harakatida ijodkorlar ssenariy burilishlaridan foydalanadi, lekin ular ham ishonarsiz: Avloniy asl haqiqatni bilib qolishi va kozi ochilishi uchun ikki marta tasodifan missiyadoshlarining suhbatini eshitib qoladi. Tasodifan kimlarningdir suhbatini eshitib qolish siyqasi chiqib ketgan priyom, u tomoshabinni hayron qoldirmaydi; tasodiflarni ishonarli chiqarish ham oson emas. Bu sahnalardan voz kechish, qahramonni haqiqatga murakkabroq yoldan olib kelish kerak edi.Operatorlik ishiOxirgi yillarda chiqayotgan ozbek kinolari qancha malomatga uchramasin, ulardagi operatorlik ishi etirozga orin qoldirmayapti. Xususiy xontaxtalarning bir rakursli syomkasiga-yu, davlat filmlarining statik kadriga organib qolgan kozlarim yangi filmlardagi yirik planlar, panoramali syomka va umumiy dinamikani korib quvnayapti. Avloniyning bu jihatida jiddiy nuqsonlar kozga tashlanmaydi (rejissorning ozi professional operator bolgani tufaylidir balki).Biroq montajda kadrlashda, epizoddan epizodga otishda kamchiliklar bor. Biror sahna tugashi bilan darhol ekran qorayib, keyingi sahna boshlanib ketishi filmda uzuq-yuluqlik effektini hosil qilgan. Film faqat verbal dialoglardan iborat emas. Kino tili degan tushuncha bor. Yirik plan, umumiy plan, kamera harakati, nigohlar bularning bari birlashib, dialog ochib berolmaydigan mano nozikliklarini ochib beradi, qahramonlarni tomoshabinga yaxshiroq tanitadi. Montajda yol qoyilgan shoshma-shosharlik tufayli film mana shunday imkoniyatdan kino tili yordamida qahramonlarini ochib berishdan mahrum bolgan.Afgoniston chizigiAvloniyning kamchiliklarini korib chiqdik. Uning yutuqlari ham kop.Afgoniston amiri Omonullaxon obrazi nihoyatda muvaffaqiyatli chiqqan: Hamza Hasanov mashhur afgonistonlik islohotchini juda ishonarli gavdalantirgan. Aktyorning tarixiy prototipga oxshashligi haqida yuqorida yozdim. Hamza Hasanov oziga ajratilgan sanoqli daqiqalarda amirning xarakterini ochib berishga ham erishgan. Uning qarashlari, ozini tutishi, gapirishi noziktab, ziyoli, chinakam aslzoda ekanini bildirib turadi. Filmdan kadrUmuman, syujetning Afgoniston liniyasi uning eng muvaffaqiyatli qismi deb oylayman. U davrda Afgoniston Markaziy Osiyoning eng yirik va tez rivojlanayotgan davlati edi. Buyuk Britaniya bilan urushda galaba qozongan Afgoniston tepasiga kelgan ziyoli islohotchilar, ozbek xonlaridan farqli ravishda, xalqaro siyosatni juda yaxshi tushungan. Ular tezkor suratda islohotlar otkazilib, iqtisodiy va texnik taraqqiyotga erishilmasa, yangi iqtisodiy hamkorlar va yangi bozorlar topilmasa, mamlakat Britaniyaga em bolishini anglagan va umidini yon qoshnisi Rossiya/SSSR bilan boglagan. SSSR va Buyuk Britaniya, oz navbatida, Afgonistonga jiddiy qiziqish bildirib kelgan va u tufayli bir-biri bilan bahslashgan. Bu jarayonlarni kuzatgan Omonullaxon axiyri SSSR Britaniyadan qolishmasligini tushungan, lekin chora korishga ulgurmagan: qadimchilar isyoni natijada taxtdan voz kechgan, hokimiyat tepasiga diniy elita bilan ittifoqdagi dala qomondoni Habibullo Bachai Saqo kelgan.Qizigi, Avloniyning diplomatik safaridan rosa on yil otib, 1929-yili xuddi osha yoldan Qizil armiya Afgonistonga bostirib kiradi. Tarixchilikda yaxshi yoritilmagan bu birinchi Afgoniston SSSR urushi Omonullaxonga Kremlning asl yuzini korsatgan voqea edi. Oradan yana yarim asr otib, 1979-yilda SSSR ikkinchi marta Afgonistonga qoshin kiritadi va mintaqa liderligiga davogar mamlakatni hozirgacha tinchimayotgan urush ochogiga aylantirib qoyadi.Afgoniston chizigini, Omonullaxon va ayniqsa uning qaynotasi bosh islohotchi Mahmud Tarziy (Abduqodirjon Yahyoyev) syujet arkalarini kengaytirish, osha paytdagi Afgonistonning Orta Osiyo uchun ahamiyatini ochib berish, nega Britaniya va SSSR bu davlat uchun talashayotganini korsatib berish kerak edi, menimcha. Voqealar leytmotivi aslida Avloniy emas, Afgonistondir. Bunga urgu berish kerak edi. Bu filmning muvaffaqiyatini yanada mustahkamlar edi.Qiziqarli faktlar:- Mahmud Tarziy Buxoroga kelgan va shu yerda Rossiya bilan hamkorlik haqida oylay boshlagan;- Buxoro amiri Olimxon 1920-yili bolsheviklar hujumidan song davlatini tashlab, Afgonistonga qochib otadi. Bu yerda Omonullaxon unga Kobul chetidagi Qalai Fatu qarorgohini ajratib, nafaqa tayinlaydi;- Afgonistonda Omonullaxon korgan ayrim choralar bugungi Orta Osiyo respublikalarida takrorlanmoqda. Xususan, Omonullaxon jamoat joylarida diniy bosh kiyimi bilan yurishni taqiqlagan edi. Bir safar kechki Kobul kochalarini aylanib yurgan amir Olimxonni politsiya toxtatib, boshidagi sallasini echishni talab qiladi. Ozini musulmonlar amiri deb biluvchi Olimxonni bu juda gazablantiradi. Shundan song u Omonullaxonga qarshi kayfiyatga keladi va Habibullo Bachai Saqo hokimiyatini qollab-quvvatlaydi;- Amir Olimxon 1910-yili taxtga otirganida rus magnatlaridan biri yangi amirga yoqib, Qarshi dashtlaridan er olish ilinjida unga mashina sovga qiladi. Ammo dinni qattiq ushlagan amir shayton aravaga minmaslikka qaror qiladi. Taxminlarga qaraganda, oradan on yil otgach, chiroyli libosdagi Omonullaxon usti ochiq mashinada Kobul kochalarini kezishini korgan Olimxon bunga havas qiladi. Ikkinchi jahon urushidan song sogligi yomonlashib, kozi kormay qolgan Olimxon ortiq Qalai Fatudan tashqariga aylanishga chiqa olmay qoladi. Shunda u Afgoniston hukumatidan unga mashina olib berishni soraydi. Lekin hukumat bunga budjetdan pul ajratmaydi.MunavvarqoriMunavvarqori Abdurashidxonov obrazi muvaffaqiyatli chiqqan. Unga kam vaqt ajratilganiga qaramay, Munavvarqorining salobati, jadidchilik harakatidagi orni ochib berilgan. Shuning uchun bolsa kerak, film oxirida Munavvarqori qatl etilishi juda tasirchan chiqqan va aslida hikoyaning omadli yakuni bolgan. Munavvarqori.Filmdan kadrFilm yakuniFilmning taxminan yarmigacha dinamika past, bolayotgan voqealar orasidagi bogliqlik bazi orinlarda tushunarsiz. Keyinroq bayon bir maromga tushib oladi va tomoshabinni oziga tortib ketadi. Xulosa va prolog esa tom manoda Avloniyning qaymogidir: juda chiroyli, esda qoladigan musiqa sadolari ostida bolib otgan voqealarning xulosalari beriladi, qahramonlarning taqdiriga birma-bir toxtalib otiladi. Rejissor filmning boshidan beri qidirayotgan goya bortib chiqib qoladi va yuraklarni larzaga soladi. Ekranda jonlantirilgan obrazlarning tarixiy prototiplari suratlari namoyish etilishi esa ijodkorlarning ogir mehnatini yana bir bor eslatib qoyadi.Filmning yakuniy qismi kuchli bolishi kamchiliklarni maskirovka qilishning ajoyib usulidir. Kopgina kinolarda urgu birinchi daqiqalarga beriladi eng boshidan tomoshabin diqqatini tortib olish uchun. Lekin xronometraj ortasidan otilgach, auditoriya qiziqishini ushlab turishga yo pul, yo goya yetmay qoladi. Natijada kuchli boshlangan kino ishonarsiz finalga ega boladi, bu esa tomoshabinning hafsalasini pir qiladi. Lekin final zarbdor bolsa, bu boshidagi kamchiliklarni ham yopib ketadi va tomoshabin bekorga kinoteatrga tushmabman degan fikr bilan zalni tark etadi. Avloniyda ana shunday boldi.Avloniy va ziyolilarHar qanday jamiyatni oldinga boshlagan, goyalar katalizatori bolib xizmat qilgan qatlam ziyolilardir. Sovet davridagi qatagonlarda yoq qilib yuborilgan ozbek ziyoli qatlami haligacha jamiyatda oz ornini topib keta olgani yoq. Shunday ekan, tabiiyki, ozbek ziyolilari ijtimoiy vazifasini bajarmayapti ham. Shoirlar, yozuvchilar, tarixchilar, olimlarga befoyda tekinxorlar sifatida qarash, ular qilayotgan ishning jamiyat va kelajak uchun ahamiyatini tushunmaslik ozbek jamiyatida keng tarqalgan hodisadir. Ziyolilarning nochor moliyaviy ahvoli, qaror qabul qilish va ijtimoiy ongga tasir otkazish jarayonlaridan chetga surib qoyilgani bunday munosabat shakllanishiga sabab bolgan. Filmdan kadrAvloniydan song ziyolilar jamiyatga ne qadar zarurligini yana bir bor anglaymiz. Film Avloniy obrazida millat taqdiriga befarq bolmagan, tarixga tasir otkaza oladigan ziyolini namoyish etadi bizga. Buni kartinaning eng katta yutugi deb baholayman.XulosaFilmni Daryo formati yol qoyadigan darajada batafsil tahlil qilishga urindim. Xulosa qilishni, doimgiday, oquvchining oziga qoldiraman. Faqat bir narsani aytib otishim kerak.Avloniyda kamchiliklar yetarlicha; muvaffaqiyatli jihatlariyam kop. Ozbek tarixining eng muhim davrlaridan biri haqida kino olingani, unga jamiyat uchun muhim goyalar singdirilganining oziyoq kinochiligimizning kattakon yutugidir. Bu bilan kamchiliklarga koz yumish kerak demoqchi emasman: tanqid kelajakda meva beradi. Lekin, nima bolganda ham, Avloniyni korish kerak. Bir martalik tomoshadan zerikkan, fikr-mushohadaga muhtoj kino ishqibozi undan oziga manaviy ozuqa va chiroyli xulosalar oladi.Eldar AsanovMuallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0