2020-yildan mahalla raislaridan uch turdagi nafaqani tayinlash vakolati olib qoyiladi

2020-yildan boshlab mahalla raislari va mahalla fuqarolar yiginidagi maxsus komissiyalarning uch turdagi nafaqani tayinlash vakolati olib qoyiladi. Bu haqda 18-dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Budjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi vakillari ishtirokida otkazilgan brifingda malum qilindi, deya xabar bermoqda Daryo muxbiri. Bahrom Ashrafxonov.Foto: AOKAJoriy yil aprel oyida Vazirlar Mahkamasining 308-sonli qarori chiqdi. Unga asosan Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi yolga qoyilmoqda. Mazkur tartib 1-oktabrdan boshlab Sirdaryo viloyatida tajriba loyihasi tariqasida sinovdan otkazilyapti. Bu borada UNICEFning Ozbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqdamiz. Ushbu xalqaro tashkilot 500 ming dollar grant ajratdi va ozlari mazkur mablagga chet el kompaniyalaridan server xarid qilishdi. Natijada yagona reyestr dasturi yaratildi. Ushbu dastur orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda tolash amalga oshiriladi.Mazkur dasturning yolga qoyilishi oqibatida mahalla raislari va MFYdagi maxsus komissiyalarning uchta turdagi nafaqani tayinlash vakolati bekor qilinadi. Ular endilikda nafaqa tayinlashmaydi. Faqat fuqarolarning arizalarini pensiya jamgarmasiga olib kelishadi. Jamgarma xodimlari esa murojaatchi hujjatlarini kompyuterga kiritadi, xolos. Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimiga boglangan vazirlik va tashkilotlar bilan axborot almashinuvi joriy qilinadi. Fuqaroning mol-mulki, qancha mashinasi mavjudligi, nikohi, oila azolari va oilaviy ahvoli togrisidagi malumotlar qisqa vaqtda aniqlangach, oshanga qarab kompyuterning ozi mezonni belgilab beradi. Bu jarayonda inson omili sira aralashmaydi.Yaqinda Jahon banki 5 million dollar miqdorida kredit berdi. Bu mablagga kompyuter, server va skanerlar sotib olib, Sirdaryodagi tizimni 2020-yilda qolgan barcha viloyatlarda ham joriy qilishni rejalashtiryapmiz.Bahrom Ashrafxonov,Budjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi direktoriMatbuot anjumanida takidlanishicha, noyabr oyida Sirdaryo viloyatida 3 turdagi nafaqani olish istagidagi 2063 nafar fuqaroning arizasi qabul qilingan. Zamonaviy dastur orqali ularning 1334 nafari yoki 66 foiziga nafaqa tayinlanmaslik haqida malumot chiqarilgan. Tahlillarga kora 1334 nafar murojaatchining 63 nafarida 2 tadan mashina, 95 nafarida ozi yashab turgan joydan tashqari yana bittadan kochmas mulk mavjudligi aniqlangan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0