Yunusoboddagi metro qurilishida nima boldi? Asosiy malumotlar

Yunusobodda yerosti metrosining yangi qurilayotgan qismida 18-dekabr kuni tuproqning qisman kochishi yuz berdi. Voqea mahalliy vaqt bilan soat 10:00 atrofida yuz bergan; hodisa guvohlarining sozlariga kora, shu vaqt metro qurilishi tarafdan juda baland, portlashga oxshash ovoz eshitilgan. Toshkent shahar hokimligi va Ozbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborotiga kora, qurilish maydonida 250 metr kub tuproq kochgan. IIV huzuridagi Tergov departamenti keltirgan dastlabki malumotlarga kora, kochkiga davomiy yomgir sabab bolgan yomgir suvlari kotlovan (poydevor) oldida suv haydash uchun qurilgan lotok va beton tosiq orasidagi tuproqni yumshatib yuborgan. Foto: Gazeta.uzHodisa yuzasidan shu kunning ozida bosh vazir orinbosari, transport vaziri Ochilboy Ramatov raisligida hukumat komissiyasi tuzildi. Ayni vaqtda hodisa yuzasidan batafsil axborot sezilarli kechikdi, qurilish maydonchasiga yetib borgan muxbirlarga esa tayinli axborot berilmadi (xususan, bu haqda Gazeta.uz internet-nashri, Uzreport va Sevimli telekanallari malum qildi).Hodisadan song olti kishining jasadi tuproq ostidan olib chiqildi. Dastlab Sogliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati hodisa oqibatida halok bolgan va jabrlanganlar hozircha yoq ekanligini malum qildi. Keyinroq Gazeta.uz voqea yuz berganidan song otkazilgan ilk yoqlamada besh kishi chiqmagani, lekin ular boshqa sababga kora qurilish maydonidan ketgan bolishi mumkinligini yozdi. Keyinroq Uzreport telekanali fojia yuz bergan vaqtda hodisa joyida 20 ga yaqin odam ishlagani haqida xabar tarqatdi.Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davomida dastlab 1989-yilda tugilgan Jonibek Ravshanov va Oybek Abdullayevning jasadlari topildi. Keyinroq FVV 1999-yilda tugilgan Davronbek Abdullayev va 1986-yilda tugilgan Anvar Diyorovning jasadlari tuproq ostidan olib chiqilganini malum qildi. 19-dekabrga otar kechasi 1996-yilda tugilgan Ixtiyor Rahmatovning jasadi topildi shu bilan qurbonlar royxati yakuniga yetadigandek edi. Biroq 19-dekabr kunduzi FVV hodisaning oltinchi qurboni ham topilganini malum qildi u 1981-yilda tugilgan samarqandlik Zarif Karimov. Shu bilan qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlangani elon qilindi.Etiborga molik tomoni, hodisaning hozirgacha topilgan qurbonlaridan tort nafari Qashqadaryodan (uch nafari Shahrisabz tumanidagi Beshkapa qishlogidan), ikki nafari esa Samarqand viloyatidan. Eng kattasi (Zarif Karimov) 38 yoshda, eng kichigi (Davronbek Abdullayev) esa 20 yoshda edi.Qurbonlarning oilalariga 100 million somdan kompensatsiya beriladi. Favqulodda vaziyatlar vazirligidan malum qilishlaricha, hodisa qurbonlari yashash manziliga yetkazilgan. Pudratchi-quruvchi tashkilotlar tomonidan ularning oila-azolari va yaqinlariga 100 million somlik dastlabki tovon pullari tolab berildi. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilikka asosan qoshimcha kompensatsiya pullari tolab beriladi, deyiladi vazirlik axborotida. Gazeta.uzning yozishicha, halok bolganlarning yaqinlari 18-dekabrdayoq voqea joyiga yetib kelib, kuni bilan shu yerda bolgan. Foto: Gazeta.uzOzbekiston temir yollari kompaniyasidan malum qilishlaricha, marhumlarning dafn va motam marosimlarini otkazishda ularning oila azolariga har tomonlama komak korsatish haqida topshiriq berilgan. Bundan tashqari, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hokimliklari va jamoatchilik vakillari marhumlarning oilasidan xabar olib, zarur yordam korsatmoqda.Hodisa metro quruvchilarining ogir sharoitlarda ishlayotganini korsatdi. Bu yerga ishga kelgan birinchi kunimdayoq orqaga qaytib ketishni xohlaganman... Bitta vagonda 50 nafardan koproq odam yashaydi. Birinchi kundanoq bizning boshligimiz bir necha xodimni dam olgani va chekkani uchun ishdan haydadi. Yashash sharoitlari va bu yerdagi muhitni korib osha kuniyoq orqaga qaytib ketishni xohlaganman...Bir kunda 1011 soatlab ishlaymiz. Ishimiz ogir edi, dedi Repost nashriga intervyu bergan ishchilardan biri. Foto: Gazeta.uzQoqon lokomotiv deposida ishlashini aytgan Fayzbog oquvchisi esa avgustdan dekabrga qadar Yunusoboddagi metro qurilishida uch marta 15 kundan ishlab kelgani haqida aytgan. Garchi qurilish sohasini bilmasak ham, navbati bilan metro qurilishiga jonatishadi. Hozir ham metro qurilishiga tashkilotimizdan ishchilar jonatilgan, deb aytgan u. Qoshimcha qilishicha, 6 dekabr kuni yangi qurilayotgan Turkiston bekati tarafda ham 18-dekabrdagi oxshash favqulodda hodisa yuz bergan, biroq hech kim jabrlanmagan.Jamoatchilik baxtsiz hodisada masuliyatsiz mutasaddilar va bayramizmni ayblamoqda, ayni vaqtda halok bolgan quruvchilar xotirasini abadiylashtirish kerakligini takidlamoqda (voqea munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlarda koplab sher va marsiyalar ham elon qilindi). Menimcha, bu voqeada kim aybdor ekanligini men bilaman. Qurilish 28-dekabrda bitkazilishi kerak. Mana shu gap aybdor. Buyuk qurilishlarni nuqul Navrozga, Mustaqillikka, Yangi yilga bitirish istagimiz aybdor... Umid qilamanki, stansiyada halok bolgan quruvchilar ismi bilan bareleflar ornatiladi, deb yozdi jurnalist Nikita Makarenko. Musibat sababchisi shoshma-shosharlik. Nega katta obyektlar qandaydir sanaga bitishi kerak? Bafurja, sifatli qilib qursak bolmaydimi? Hech qanday metro, hech qanday bino, hech nima bittagina odam hayotidan qadrli emas, deb yozdi bloger Farhod Fayzullayev. Foto: Gazeta.uzMetroda sodir bolgan voqeani nazorat qilish uchun tashkil etilgan komissiya tarkibida deputatlar ham bolishi kerak. Voqea-hodisani organish oz yoliga, undan oldin holat yuzasidan mutasaddilar xalqdan uzr sorasin... Xalqimiz yirik qurilish obektlarini qurib bitkazishni bayramlarga togirlashga mutlaqo norozi. Bizning partiya ham bu amaliyotga qarshi, dedi mamlakatda hukmron OzLiDeP partiyasi vakili Nuriddin Murodov. Partiyamiz blogerlar tomonidan taklif etilayotgan metro bekatiga qurbonlar xotirasini abadiylashtirishni ifodalovchi nom berish goyasini qollab-quvvatlashini malum qilamiz, deb bayonot berdi Adolat partiyasi. OzXDP esa voqea aybdorlarini jazolash shartligini uqtirdi. Foto: Gazeta.uzHodisa yuzasidan jinoyat ishi qozgatilgan. Bosh prokuratura axborotiga kora, ish Jinoyat kodeksining 257- (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 258-moddalari (tog-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) boyicha qozgatilgan ushbu moddalar boyicha aybdor deb topilgan shaxs uzogi bilan besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Favqulodda vaziyatlar vazirligidan qoshimcha qilishlaricha, mazkur holatning vujudga kelishiga sababchi bolgan va yol qoygan masul tashkilot va shaxslar aniqlanmoqda. Shuningdek, loyihani amalga oshirish jarayonida shu va boshqa kongilsiz holatlar takrorlanishining oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0