Yunusoboddagi metro qurilishiga qurishni bilmaydigan temiryol tizimi xodimlari ham jalb etilgani malum qilindi

Telegramdagi Fayzbog.uz kanaliga Yunusobod metro yonalishida sodir bolgan avariya yuzasidan malumotlar kelib tushdi, deb yozmoqda Effect.uz. Foto: FacebookOzini Qoqon-Lokomotiv Deposi xodimi deb tanishtirgan kanal obunachisi depo xodimlari Toshkent metro qurilishiga majburiy jalb qilinayotganini bildirgan. Qoyida ushbu suhbat toligicha keltirildi.Obunachi:Qoqon-Lokomotiv Deposida ishlayman. Malumotim oliy. Navbati bilan metro qurilishga jonatishadi. Garchi qurilish sohasini bilmasak ham.Fayzbog.uz:Avariya bolgan hududga majburiy yuborishyaptimi? Siz qaysi kunlari ishlashga bordingiz?Obunachi:Avgust oyidan dekabr oyigacha 3 marotaba 15 kundan ishlab keldim. Bundan avval ham shunga oxshash hodisa sodir bolgandi. Shu oyning boshi, 6-dekabr sanasida qattiq yomgir yogayotgan paytda ham bizni ishlashga majburlashgan. Lekin bu holat Turkiston stansiyasida sodir bolgan. Avariya sodir bolgan bekatdan keyingi bekatda (Yunusoboddan keyingi bekat - Fayzbog.uz).Fayzbog.uz:6-dekabr Turkiston stansiyasida jabrlanganlar boldimi?Obunachi:Yoq, bolmagandi. Lekin qattiq yomgir ostida stansiyaga tushib, betonini quyayotgan edik.Fayzbog.uz:Metro qurilishiga majburiy jalb etish hali ham davom etmoqdami?Obunachi: Hozir ham metro qurilishiga tashkilotimizdan ishchilar jonatilgan. Aynan Yunusobod mavzesiga. Hamkasblarim avariya hududida edi. Telefonlariga qongiroq qilib tusholmayapman.Eslatib otamiz, Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan Yunusobod yonalishi uchun Yunusobod tumanida Mega Planet oldida tunnel qazilayotgan bolgan. 18-dekabr kuni tinimsiz yomgir yoggan. Suv tunnelga tushmasligi uchun beton lotok qilingan. Ana shu lotokning qaysidir qismidan suv ketgan va suv toplangan. Yogingarchilik kuchaygan vaqtda yer boshab quruvchilar ishlayotgan tunnelni bosib qolgan.Prezident topshirigiga muvofiq sodir bolgan hodisa sabablari va oqibatlarini joyida organish, zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlar va ularning oila azolariga yordam korsatish maqsadida hukumat komissiyasi tuzilgan.FVV tomonidan voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida olti nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqilib, ularning shaxsi aniqlangan. Qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlanib, Komissiya ishining birinchi fazasi nihoyasiga yetdi.Pudratchi-quruvchi tashkilotlar tomonidan ularning oila-azolari va yaqinlariga 100 million somlik dastlabki tovon pullari tolab berilgan. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilikka asosan qoshimcha kompensatsiya pullari tolab beriladi.Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qozgatilgan.Reklama huquqi asosida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0