Nogironlar huquqlari togrisidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish bizga nima uchun kerak?

Rasmiy malumotlarga kora, dunyoda bir milliarddan ortiq turli darajada nogironligi bor odamlar yashaydi. Bu esa yer yuzi umumiy aholisining 15 foizini tashkil qiladi, ular dunyoning eng yirik ozchiligidir.2006-yilda BMT Bosh Assambleyasi BMT Nogironlar huquqlarini himoya qilishKonvensiyasini vanogironligi bor odamlarning huquqlarini va shanini himoya qilishga qaratilgan Fakultativ Protokolini qabul qildi. U 2008-yilda kuchga kirdi.Konvensiya yigirma birinchi asrda qabul qilingan inson huquqlari togrisidagi birinchi shartnoma;xalqaroqonun tarixida inson huquqlari togrisidagi eng tez kelishilgan shartnoma va internet orqali olib boriladigan keng miqyosdagi konsultatsiyalardan kelib chiqqan birinchi shartnoma hisoblanadi.BMT Nogironlar huquqlarini himoya qilish Konvensiyasi ozining imzolash uchun ochilgan kunidan boshlab har qanday boshqa inson huquqlari togrisidagi Konvensiyalardan ham koproq imzolarni qabul qildi. Konvensiya yangi inson huquqlariniornatmasada, davlatlarga nogironligi bor odamlarga nisbatan, ota aniqlik bilan, ularni hurmat qilish, himoya qilish va qollash majburiyatlarini korsatib beradi.Mavjud inson huquqlari togrisidagi Konvensiyalar nogironligi bor odamlarning huquqlarini qollash va himoya qilishda aytarli imkoniyatlarni taklif qilgan bolsa ham, lekin malumboldi-ki, bu salohiyatdan foydalanilmadi. Haqiqatdan, nogironligi bor odamlarning inson huquqlarini inkor qilishda davom etdilar va ular dunyoning barcha nuqtalarida jamiyatning bir chetida saqlanib keldilar. Bundan Konvensiya nafaqat davlatlar tomonidan nogironligi bor odamlarni kamsitilmasliklarini aniqlashtirib beradi, balki ular jamiyatda qadr-qimmati bilan hayotdan zavqlana olishlari uchun qulay sharoitlar yaratib berishda koplab qadamlarni bayon qiladi.Shunday qilib, Konvensiya, boshqa inson huquqlari shartnomalaridan farqli olaroq, davlatlar tomonidan kamsitilishni taqiqlash va hamma uchun teng huquqlikka erishish borasida chora-tadbirlarni ornatish yolidayanadachuqurroqyondoshishgaimkon yaratib beradi. Ularda nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatlarini ragbatlantirish va himoya qilish, shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini va bu huquqlardan boshqalar bilan teng ravishda foydalanish imkoniyatlarini kafolatlash tamoyillari belgilab qoyilgan. Ushbu Konvensiyada nogironlarning huquqlari va asosiy erkinliklari, xususan, ularning yashash, fuqarolik, huquqiy himoyalanish, talim olish, salomatliklarini saqlash, boshqalar bilan teng ravishda mehnat qilish, siyosiy, ijtimoiy, madaniy hayotda, bosh vaqtni otkazish, dam olish va sport bilan shugullanishda ishtirok etish, ozlari va oilasi uchun yetarlicha turmush sharoitiga ega bolish va ijtimoiy yordam huquqlari etirof etilgan va ularni amalga oshirishning huquqiy kafolatlari belgilangan. Bunda, ayniqsa, nogiron ayollar, bolalar va keksalar huquqlari va erkinliklarini taminlashga alohida etibor qaratilgan. Shu bilan birga, ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga qoshilgan davlatlarning nogironlarning mustaqil turmush kechirishlari va turmushning barcha jabhalarida har taraflama ishtirok etish imkoniyatiga ega bolishlari uchun ularning boshqalar bilan teng ravishda ijtimoiy muhitdan, transport, axborot va aloqa, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimidan, shaharlarda va qishloq joylarida aholi uchun taqdim etiladigan boshqa obyektlar va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini taminlash borasidagi majburiyatlari korsatilgan.Konvensiyada qayd etilgan qoidalarga rioya etilishi va ishtirok etuvchi davlatlarning mazkur masala boyicha majburiyatlarining ijrosini taminlashni muvofiqlashtirish va buning monitoringini amalga oshirish maqsadida BMTning Nogironlar huquqlari boyicha qomitasi tashkil etilgan. Nogironlarning huquqlari togrisidagi Konvensiyaga Fakultativ protokolda ushbu Qomitaning oz yurisdiksiyasida bolgan shaxslarning yoki shaxslar guruhining yoxud ular nomidan ushbu ishtirok etuvchi davlat tomonidan Konvensiya qoidalari buzilishining jabrdiydalari ekanligi togrisidagi arizalarini qabul qilish va korib chiqish vakolatlari belgilab qoyilgan. Nogironlar huquqlari togrisidagi Konvensiyaniqabul qilishdan nogironlargayanadateng imkoniyatlarni taminlash uchun milliy, mintaqaviy va xalqaro darajalardagi strategiyalar, rejalar, dasturlar va tadbirlarni ragbatlantirish maqsadi kozlanganligini alohida takidlash kerak.BMTga azo 192tadavlatdan 155tasiuni imzoladi. Ozbekiston Nogironlar huquqlarini himoya qilish Konvensiyasiga 2009-yil 27-fevralda imzo chekdi. Ammo uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarurbolgan ratifikatsiyachozilib ketdi. Ozbekiston XDPnogironligibor shaxslarning ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish masalasiga doimiy etibor qaratib kelgan. Ana shu maqsadlarning davomi sifatida BMTning Nogironlar huquqlari boyicha Konvensiyasini ratifikatsiya qilish tashabbusini oz fraksiyasi orqali ornatilgan tartibda ilgari surishni maqsad qilgan.Konvensiya nima uchun muhim?Konvensiyaning asosiy maqsadi imkoniyati cheklangan odamlarning teng huquqliligini himoya qilish va taminlash. Bu hukumat kochaga chiqishda panduslarning yoki jamoat transportidan tushishda maxsus uskunalarning yoqligi sababli muammolarga duch kelayotgan nogironligi bor shaxslar uchun infrastruktura sharoitini yaratib berishi kerakligini bildiradi. Shuningdek, nogironligi bor shaxslar boshqa fuqarolar bilan birdek tibbiy xizmatlardan tolaqonli foydalana oladigan bolishi shart. Bundan tashqari, tashqari,hukumat inklyuziv talim berishni taminlashi kerak:hukumat nogiron bolalarga boshqalar bilan birga umum talimmaktablarigaborishiga imkon yaratib berishga masul. Konvensiyaning ozi ijtimoiy sohaga yonaltirilgan. Bu degani nogironligi bor shaxslarga inson huquqlari boyicha olib qaraganda bir xil munosabatda bolish kerak hamda ularni kasalmand odamlar qatori qabul qilib bolmaydi deganni anglatadi.BMT nogironlar huquqlarini himoya qilish konvensiyasida 51 modda bor. Ratifikatsiya bolgan kunning ertasigayoq konvensiya ishlab ketmaydi. U eng muhimlarini ishga oshirish bilan ishlab turadi. Natijada nogironligi bor shaxslarning hayoti yaxshilana boshlaydi.Konvensiya qabul qilinishi bilan nogiron insonlarda mehnat, talim va tibbiy xizmat borasida soglom odamlar bilan teng imkoniyatga ega bolish umidlari paydo boldi. Jismoniy imkoniyati cheklangan odamlar uchun aniq bolgan narsalardan infrastruktura bilan taminlashdan boshlasak yaxshi bolar edi. Ularning aksariyati oz muammolarini shularning yoqligi bilan boglashadi, qandaydir siyosiy qarorlar bilan emas. Ular uchun bu maishiy hayotini yaxshilash masalasi.Ozbekistonda nogironligi bor insonlarning huquqlarini taminlash haqida qonun-qoidalar mavjudbolsada, aslida bu odamlar infratuzilma va ommadagi stereotiplar tufayli jamiyat faoliyatida toliq ishtirok eta olishmaydi. Nogironligi bor insonlar muammo emas, balki jamiyatning tolaqonli qismi bolishi uchunKovensiyajuda zarur. Uning maqsadi barcha fuqarolar uchun oz haq-huquqlaridan foydalanishda teng imkoniyatlarni beradigan inklyuziv jamiyat yaratish. Konvensiya davlatning barcha dasturlarda nogironlarning ehtiyojlarini hisobga olish va ularning hayotning barcha sohalariga va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha masalalarida ishtirok etishlarini taminlash majburiyatini belgilaydi.Sherzod Sodiqov,Jahongir Kabirjonov,Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi masul xodimlariReklama huquqi asosida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0