Smartfonlar displeyining tungi rejimi inson organizmiga zarar yetkazadi

Manchesterlik olimlar insonlar o‘z hayotini smartfonlardagi moviy nurlanishdan himoya qilishi lozimligini ta’kidladi. Tadqiqot Manchester universiteti rasmiy saytida e’lon qilingan. Foto: InverseMutaxasislar rangli nurlanishning inson organizmiga ta’sirini sichqonlarda tajriba o‘tkazish yo‘li bilan tekshirdi. Smartfonlar displeyi tungi rejimda sozlanadigan sariq rang spektri odamlar sog‘lig‘iga zarar yetkazishi aniqlandi. Olimlar yorqin iliq ranglar kunduzgi vaqt bilan assostiasiyalanib biologik soatlarni chalkashtirishini payqagan.Tadqiqotda ochartirilgan moviy rang sutkaning tungi vaqtida zaif sariq rangdan ko‘ra odatiyroq.“Sichqonlarda telefon yo‘q, lekin ilmiy nuqtayi nazardan ushbu holat odamlarga ham shunday ta’sir qiladi”, — deydi ilmiy ish mualliflaridan biri doktor Tim Braun.Mavzuga doir: Apple zaryad va ma’lumotlar uzatish porti yo‘q iPhone ishlab chiqaradi Mutaxassislar smartfonlar uchun begona mobil elektr quvvatlagichlardan foydalanmaslikni tavsiya qildi Ekspertlar sog‘liq uchun eng zararli bo‘lgan smartfonlarni aniqladi Olimlar smartfonlarda maviy rangni kamaytirib sariqni ko‘paytiradigan tungi rejim insonga foyda emas, aksincha zarar keltirishi mumkin. Tadqiqotchilar smartfon ishlab chiqaruvchilarining maslahatlarini eng to‘g‘ri qoida deb qabul qilmaslik va iOS hamda Android tizimlarida Night Shift va Dark Mode rejimlaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya qilgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0