Yunusobod metrosidagi halokat yuzasidan qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi

FVV 18-dekabr kuni sodir bolgan Yunusobod metrosi qurilishidagi fojia yuzasidan qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlanganini malum qildi. Foto: Gazeta.uzPrezident topshirigiga muvofiq sodir bolgan hodisa sabablari va oqibatlarini joyida organish, zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlar va ularning oila azolariga yordam korsatish maqsadida hukumat komissiyasi tuzilgan edi.Vazirlik xabarida takidlanishicha, voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida olti nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqilib, ularning shaxsi aniqlangan. Qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlanib, komissiya ishining birinchi fazasi nihoyasiga yetdi.Ayni paytda komissiya tomonidan hodisa sabablari va oqibatlarini organish hamda bartaraf qilish ishlari jadal davom ettirilmoqda, mazkur holatning vujudga kelishiga sababchi bolgan va yol qoygan masul tashkilot va shaxslar aniqlanmoqda. Shuningdek, loyihani amalga oshirish jarayonida shu va boshqa kongilsiz holatlar takrorlanishini oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.Baxtsiz hodisa oqibatida halok bolganlar yashash manziliga yetkazilgan. Pudratchi-quruvchi tashkilotlar tomonidan ularning oila-azolari va yaqinlariga 100 million somlik dastlabki tovon pullari tolab berilgan. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilikka asosan qoshimcha kompensatsiya pullari tolab beriladi.Ayni paytda viloyatlar hokimliklari va jamoatchilik vakillari marhumlarning oilasidan xabar olib, zarur yordam korsatmoqda, deyiladi xabarda.Mavzuga doir: Voqea aybdorlari qonun oldida javob berishi shart. OzXDP metro qurilishidagi fojiaga munosabat bildirdi Bosh prokuratura Yunusobod metrosi qurilishidagi fojia yuzasidan jinoyat ishi ochdi. Aybdorlar kopi bilan 5 yilgacha qamalishi mumkin

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0