Ozbekistondagi 4 ta partiya YeOIIga azolikni yoqlashini yana bir bor tasdiqladi

Ozbekistonda mavjud beshta siyosiy partiyadan torttasi mamlakatning Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga kirishi tarafdori bolib qolmoqda, deb xabar beradi Kun.uz. Foto: Xalqaro press klubQayd etilishicha, OzLiDeP, Adolat va Xalq demokratik partiyalari hamda Ekologik partiya vakillari 18-dekabr kuni xorijlik diplomatlar bilan bolgan uchrashuvda YeOIIga kirish tarafdori ekanliklarini yana bir bor tasdiqladi.Uchrashuvda Rossiyaning Ozbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev partiya nomzodlarining mazkur masaladagi fikrlari bilan qiziqqan.Siyosiy partiyalarning xalqaro tashkilotlarga nisbatan munosabati haqida savol berildi. Javoblardan kelib chiqib aytish mumkinki, avvalo xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga asosiy etibor qaratilmoqda. Shunga qaramay, nomzodlar tomonidan xavfsizlik masalalari ham juda muhimligi aytib otildi. Ha, Ozbekiston Afgoniston bilan chegarada joylashgan. Afgonistonga nisbatan hurmat saqlagan holda, u yerda urush kechayotganini ham unutmaymiz.Albatta, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti avvalo siyosiy tashkilot. Lekin xavfsizlik masalalari bilan shugullanadigan boshqa tashkilotlar ham bor, xususan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti.Iqtisodiy integratsiya borasida bildirilgan fikrlarga qaytib, nomzodlarga savol bilan murojaat qilmoqchiman. Hozir Ozbekistonning Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatiga azo bolishi qanchalik maqsadga muvofiqligi yuzasidan qizgin muhokamalar ketmoqda. Qator partiyalar allaqachon bu borada oz fikrlarini bildirishgan. Men deputatlikka nomzodlarning fikrlarini bevosita ularning ozlaridan eshitishni xohlardim, dedi Tyurdenev.Savolga javoban birinchi bolib Milliy tiklanish demokratik partiyasi vakili Ilhom Abdullayev soz olib, partiya bu borada hali yakuniy qarorga kelmaganini bildirdi, ammo shaxsan ozi YeOIIga kirishga ikki qolini kotarib rozi ekanini takidladi.Mamlakatning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi tashqi siyosatning juda muhim masalalaridan. Men partiyamiz nomidan gapiraman va bu fikrlarim davlatniki bilan bir xil bolmasligi mumkin.YeOII ancha istiqbolli va effektiv tashkilot. Kopchilik bizning bu tashkilotga azo bolishimizning koplab plyus tomonlarini darhol sanab berishi mumkin. Lekin bu kop qirrali va murakkab masala. Shunday ekan, mamlakat bunday muhim qadamni tashlash oldidan barcha plyus va minuslarni taroziga tortib korishi kerak.Biz partiyamizda shunday ekspertlar guruhini tuzdik. Mazkur masalani muhokama qilib, yakunda biz bundan nima yutamiz va nimani boy berishimiz mumkinligini hisob-kitob qilyapmiz.Men axborot sohasi mutaxassisi sifatida bunga ikki qolimni kotargan holda roziman. Chunki YeOII davlatlari va Ozbekiston Respublikasining axborot sohasidagi rivojlanish darajasiga qaraydigan bolsak, obyektiv statistik korsatkichlarga kora bizning natijalarimiz pastroq. Tashkilotga azo bolish mamlakatga axborot sohasini shiddat bilan rivojlantirish, telefon qongiroqlari narxini tushirish, internet magistral kanallariga ulanish va shu kabi boshqa imkoniyatlarni beradi.Ammo yana bir bor takidlayman, masala kop qirrali va uni biz kozimizni yumgancha qaysidir sanagacha kechiktirib qoyayotganimiz yoq. Biz buni korib chiqyapmiz. Barcha plyus-minuslarni aniq tushungan holda qaror qabul qilamiz, dedi Ilhom Abdullayev.Qolgan tort partiya vakillari ham Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga kirish fikrini qollab-quvvatlashini bildirdi.Tadbirda rus elchisidan tashqari Xitoy Xalq Respublikasining Ozbekistondagi muvaqqat ishlar vakili Chjan Ven Chuan, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi orinbosari ShHTning Ozbekistondagi saylovlarni kuzatish boyicha missiyasi rahbari Se Syaoyun hamda MDH kuzatuvchilar missiyasi rahbari Yevgeniy Kozyak ishtirok etdi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0