Ukraina 2020-yil 1-martdan boshlab o‘z fuqarolariga ichki pasportlar bo‘yicha Rossiyaga chiqishni taqiqlaydi

Ukraina hukumati fuqarolarning Rossiyaga chiqish bo‘yicha tartiblarini almashtiradi. 2020-yil 1-martdan Ukrainadan Rossiyaga faqat xorijga chiqish pasportlari va bolalar uchun tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar bilan borish mumkin. Ichki pasportlar va bolalarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari bilan qo‘shni mamlakatga chiqib bo‘lmaydi. Bu haqda “Interfaks Ukraina” xabar berdi. Foto: “Interfaks Ukraina”Ukraina bosh vaziri Aleksey Goncharukning bayonotiga ko‘ra, ushbu chora chegaradagi nazoratidan o‘tishga ketadigan vaqtni tejaydi.Mavzuga doir: Ukraina bosh vaziri Donbassni qaytarish ssenariysi haqida gapirdiGoncharukning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyadan mamlakatga qaytayotgan Ukraina fuqarolari esa ichki yoki xorijga chiqish pasportlari yoki bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari bilan ortga qaytishi mumkin.Mavzuga doir:  Ukraina sudi Zelenskiyning Radani qisqartirish to‘g‘risidagi taklifini ma’qulladi Vladimir Zelenskiy: Rossiya Qrimni qaytarsa, Putin bilan yana 100 marta qo‘l berishib ko‘rishishga tayyorman Rossiya va Ukraina o‘rtasida vizasiz yurish tartibi joriy etilgan. 2014-yilda Ukrainadagi inqiroz tufayli Qrim Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilgan hamda ikki davlat o‘rtasidagi ushbu tartib qat’iylashgan. Xususan, Ukraina 2017-yilda chegaradan o‘tayotgan rossiyaliklar uchun biometrik nazorat tizimini joriy etgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0