Musulmonlar idorasi Yunusoboddagi fojia oqibatida halok bolganlarning oila azolariga hamdardlik bildirdi

Ozbekiston musulmonlari idorasi 18-dekabr kuni Toshkent metropoliteni Yunusobod yolining yangi qurilayotgan qismida yer opirilishi oqibatida qurbon bolganlarning oila azolari va yaqinlariga chuqur hamdardlikbildirdi. Foto: FacebookUshbu fojiada halok bolganlarning haqlariga duolar qilish, magfirat sorash va yaqinlariga tasalli berish barchamizning insoniy burchimizdir. Inson qachon, qayerda va qanday holatda vafot etishini bilmaydi. Dinimizda biror fojia bilan vafot etgan mominning darajasi yuqori bolishi aytilgan. Hazrati Paygambarimiz sollallohu alayhi va sallam hadislarining birida kishi suvga garq bolib, otda kuyib, tom ostida qolib vafot etsa, shahidlik maqomini topishi takidlangan.Ushbu fojiada vafot etgan yurtdoshlarimizning haqlariga duo qilib, Yaratgan Parvardigordan ularning solih amallarini ozlariga hamroh qilishini, gunohlarini magfirat etishini iltijo qilib soraymiz. Ularning oila azolari va yaqinlarining musibatlariga sherik ekanimizni bildirgan holda sabru jamil tilaymiz, deyiladi taziyanomada.Avvalroq avariya oqibatida halok bolganlar soni besh nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.Mavzuga doir: Yunusobod metrosi qurilishidagi avariya oqibatida halok bolganlar soni besh kishiga yetdi Hammamiz shokdamiz. Quruvchilardan biri Yunusobod metrosidagi avariya qanday yuz berganini sozlab berdi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0