Ozmilliybank va FronteraCapital(Buyuk Britaniya)953 mlrd som miqdorida kredit bitimini imzoladi

2019-yilning 14-dekabr kuni Ozbekiston Milliy banki Frontera Capital (Buyuk Britaniya) investitsiya kompaniyasi bilan kichik va orta biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun milliy valyutada 953 milliard som (100 million AQSH dollari ekvivalenti) miqdorida mablag jalb qilish uchun kredit kelishuvini imzoladi.Ushbu bitimning asosiy afzalliklari: xalqaro moliyaviy mexanizmlardan foydalangan holda mablag jalb qilish; somni moliyalashtirishning yanada qulay shartlari; uzoq muddatli mablaglarni jalb qilish (7 yilgacha) kredit mablaglaridan kichik va orta biznes loyihalarini, shuningdek, chakana kreditlashda foydalanish mumkin. Bundan tashqari, ushbu kelishuv rivojlanayotgan bozorlarda xalqaro moliya institutlari bilan kop yillik ish tajribasiga ega bolgan Frontera Capitalinvestitsiya kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.Ushbu mablaglar Ozmilliybank nomidan xalqaro kapital bozoriga kredit notalarini chiqarish orqali jalb qilindi, bu esa oz navbatida Ozmilliybankka jahon kapital bozoridagi ijobiy obrosini mustahkamlashga imkon beradi va xalqaro investorlarning qiziqishini uygotadi.Malumot ornida:FronteraCapital(Buyuk Britaniya, BAAda vakolatxonalari bor) bu milliy valyutada uzoq muddatli moliyalashtirishni taminlash, ham kreditorlar, ham qarz oluvchilar uchun valyutani xedjirlash instumentlariga ixtisoslashgan investitsiya kompaniyasi. Shuningdek, u rivojlanayotgan mamlakatlarda zayomlar va obligatsiyalarning ikkilamchi bozorini rivojlantirishni qollab-quvvatlaydi. 2014-yildan buyon FronteraCapital40 ta rivojlanayotgan mamlakatlarda umumiy qiymati 1,5 milliard AQSH dollariga teng bolgan suveren va korporativ kreditlarni strukturaladi va tashkil qildi.Reklama huquqi asosida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0