Bosh prokuratura janozasi oqilmagan bloger audiosi boyicha surishtiruv boshladi. Ovoz Shuhrat Ganiyevniki deb taxmin qilinmoqda

Ozbekiston Bosh prokuraturasi internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda 14-dekabr kuni Fargona viloyati hokimi Shuhrat Ganiyevga mansubligi takidlanib tarqatilgan audioyozuv yuzasidan bayonot berdi. Foto: Madina Nurman / DaryoIdora bayonotiga kora, hozirda prokuratura organlari ushbu audioyozuvning haqqoniyligi, undagi voqea qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlarni organmoqda.Organish natijalari har tomonlama qonun doirasida korib chiqilib, ular yuzasidan qoshimcha bayonot beriladi, deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.14-dekabr kuni internetda Fargona viloyati hokimi Shuhrat Ganiyevning ovozi deb taxmin qilingan audio tarqalgan edi. Unda viloyat hokimi deb taxmin qilinayotgan shaxs 2-dekabrda otkazilgan yigilishda Quvada gaz yoqligi uchun yolni tosib chiqqanlar voqeasini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan shaxs (bloger)ning janozasi oqilmagani uchun Quva hokimini tergagan.Keyinroq Fargona viloyati hokimligi matbuot xizmati audiodagi ovoz Shuhrat Ganiyevniki emasligi haqida bayonot berdi.Mavzuga doir: Kusherbayev prokuraturadan Shuhrat Ganiyev bilan bogliq voqeaga huquqiy baho berishni soradiQayd etish joiz, 2019-yil sentabrida Fargona viloyati hokimi Shuhrat Ganiyevning boshqa bir audiosi tarqalib ketgan, shundan song u Senatda uzr soragan edi. Oshanda unga qattiq ogohlantirish va uch oy sinov muddati berilgan edi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0