Voqea aybdorlari qonun oldida javob berishi shart. OzXDP metro qurilishidagi fojiaga munosabat bildirdi

Toshkent metropoliteni Yunusobod yolining qurilishi davom etayotgan qismida 18-dekabr kuni yuz bergan yer opirilishi bilan bogliq avariyaga Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi munosabat bildirdi. Unda kamida besh kishining olimiga sabab bolgan voqea aybdorlari qonun oldida javob berishi shartligi takidlanadi. Foto: Gazeta.uzToshkent metrosining Yunusobod yonalishi qurilishi vaqtida yer opirilishi oqibatida roy bergan fojia butun jamoatchilikni qattiq larzaga soldi. Xalq demokratik partiyasi, avvalo, ushbu fojia tufayli halok bolgan hamyurtlarimizning oila azolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.Shuning bilan birga, hukumatdan, mutasaddi vazirlik va idoralar, qurilish va pudratchi tashkilotlar rahbarlaridan ishchi xodimlarning hayoti, qonuniy haq-huquqlarini muhofaza qilish bilan bogliq ota dolzarb masalalarga katta masuliyat va chuqur javobgarlik hissi bilan yondashishni talab qiladi.Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida minglab qurilish loyihalari amalga oshirilmoqda. Achchiq haqiqatni tan olishimiz kerakki, ularning aksariyatida yuz minglab yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlar norasmiy yollanma ishchi sifatida haqsiz, huquqsiz mehnat qilmoqdalar.Xalq demokratik partiyasi barcha qurilish va boshqa xavfli sharoitlarda ishlayotgan vatandoshlarimizning mehnat xavfsizligi toliq taminlanishini mutasaddi tashkilotlardan talab qiladi. Fojiaga sabab bolgan holatlar tahlili boyicha aybdorlar qonun oldida javob berishi shart.Hammamiz kecha yuz bergan fojiadan saboq chiqarishimiz, ishchi xodimlarning hayoti, xavfsizligi, haq-huquqlarini qatiy himoya qilishimiz zarur.Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashi axborot xizmatiMalumot uchun, metrodagi fojiadan song bosh vazir orinbosari, transport vaziri Ochilboy Ramatov raisligida hukumat komissiyasi tuzilgan. Komissiya halok bolgan ishchilarning oila azolariga yordam korsatish choralarini kormoqda. Gazeta.uzning xabar berishicha, qurbonlarning yaqinlariga (ular 18-dekabrda kun boyi voqea joyida bolgan) pul kompensatsiyasi tolanadi va boshqa zaruriy yordam korsatiladi.Mavzuga doir: Yunusoboddagi fojia vaqtida Ozbekiston 24 telekanali nega tomoshabin bolib otiribdi? Hammamiz shokdamiz. Quruvchilardan biri Yunusobod metrosidagi avariya qanday yuz berganini sozlab berdi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0