Shavkat Mirziyoyev Yaponiya parlamenti vakillar palatasi raisi bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi uchinchi kuni parlament quyi palatasidagi uchrashuvdan boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Prezident matbuot xizmatiDavlat rahbari vakillar palatasi raisi Tadamori Osima bilan O‘zbekiston—Yaponiya parlamentlararo munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.Yaponiya parlamentining O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi faol ishlayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Foto: Prezident matbuot xizmatiKunchiqar mamlakatning parlamentarizm sohasidagi tajribasini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazish va o‘zaro almashinuvlarni kengaytirishga kelishib olindi.Uchrashuv so‘ngida Prezident spikerga mamlakatda ilk bor o‘zbek tiliga tarjima qilingan va chop etilgan Yaponiya Konstitutsiyasining birinchi nusxasini sovg‘a qildi. Foto: Prezident matbuot xizmatiShavkat Mirziyoyev Vakillar palatasi majlislari o‘tadigan asosiy zal bilan ham tanishdi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0