Yunusoboddagi fojia vaqtida Ozbekiston 24 telekanali nega tomoshabin bolib otiribdi?

Toshkent metropolitenining Yunusobod yolida 18-dekabr kuni yuz bergan avariya oqibatida kamida besh kishi halok bolgani haqida xabar berilgan edi.Mavzuga doir:Yunusobod metrosi qurilishidagi avariya oqibatida halok bolganlar soni besh kishiga yetdiJamoatchilik vakillari ushbu voqeaga faol munosabat bildirmoqda. Xususan, Telegramdagi Xolis fikr kanali muallifi butun mamlakatning diqqati qaratilgan ushbu voqeani mamlakatning bosh yangiliklar telekanali Ozbekiston 24 etiborsiz qoldirganini takidlagan. Foto: UzReportHammani qayguga solgan bu kongilsiz hodisaga davlat telekanallari negadir etibor qaratgisi kelmayapti. Ozbekiston 24ning salkam bir soat davom etgan Axborotida ham voqea haqida lom-mim deyilmadi. Harom ichakday chozilgan dastur bayramoldi yarmarkalardagi arzonlashtirilgan mahsulotlar sotilayotganiga bagishlangan syujet bilan yakunlandi.Tunu-kun axborot uzatishga ixtisoslashgan telekanal jamoasining nega metro qurilishidagi baxtsiz hodisani yoritishga jurati yetmayapti? Nima uchun aqalli ular hukumat farmoyishi, vazirlik va idoralarning rasmiy xabarlarini berishni ham ozlariga ep kormayapti? Telekanalning bir chetda tomoshabin bolib otirishining sababi nimada ekan?Xolis fikr Telegram-kanaliMalumot uchun, Uzreport, Sevimli, Yoshlar telekanallari voqea joyidan reportajlar tayyorladi. Uzreport va Sevimli muxbirlari hodisa joyidagi rasmiylardan avariya haqida axborot ololmaganini malum qilgan.Mavzuga doir:Hammamiz shokdamiz. Quruvchilardan biri Yunusobod metrosidagi avariya qanday yuz berganini sozlab berdi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0