O‘zbekiston TIV Antaliyada bankka hujum uyushtirgan o‘zbekistonlik haqidagi xabarni tasdiqladi
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi o‘zbekistonlik fuqaro 17-dekabr kuni Antaliya shahridagi banklardan birining filialiga hujum qilgani va ikki nafar texnik xodimni garovga olgani to‘g‘risida qator OAVda tarqalgan axborotni tasdiqladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi. Foto: HaberlerTa’kidlanishicha, hujumni uyushtirgan J.O. huquqni muhofaza qilish organlariga taslim bo‘lgan.Hozirda J.O.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 18-dekabr kuni Antaliya Jinoyat ishlari bo‘yicha sudida sud jarayoni boshlangan. Advokatlarning ayblanuvchi bilan uchrashishiga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, u konsullik yordamini olishdan voz kechgan.“Elchixona konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga olgan va Turkiyaning tegishli organlari bilan doimiy muloqotda bo‘lib turibdi”, — deyiladi xabarda.Mavzuga doir: Antaliyada O‘zbekiston fuqarosi qurol bilan banklardan biriga hujum uyushtirdiKonsullik huquqiy departamenti Turkiya, Bolgariya, Iroq, Ruminiya va JAR hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur vaziyatlarda mamlakatning Anqara shahridagi elchixonasiga (tel.: +90 312-441-17-46, +90 312-441-38-71/72) yoki Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz