Umrani ado etish uchun ketib, Kuvaytda tobi qochgan 74 yoshli fuqaro Ozbekistonga qaytib keldi

8-dekabr kuni Ozbekistonning Kuvaytdagi elchixonasiga 74 yoshli Ozbekiston fuqarosi H.N.ning yurak xuruji bilan kasalxonaga yotqizilgani togrisida xabar kelib tushdi. H.N. umra ado etish uchun Jidda shahriga Al-Kuvayt shahri orqali yol olgan va kasalligi tufayli parvozdan qoldirilgan, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.Vaziyat elchixona tomonidan nazoratga olingan edi.Davolanishdan song H.N.ning holati shifokorlar tomonidan qoniqarli deb baholangan.Tashkiliy masalalarning tezkor hal qilinishi tufayli 15-dekabr kuni Ozbekiston fuqarosi Jazeera Airways aviakompaniyasining reysi bilan Ozbekistonga omon-eson qaytib keldi, deyiladi xabarda.Konsullik-huquqiy departamenti Kuvaytda bolib turgan Ozbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Al-Kuvayt shahridagi elchixonasiga +965-2539-65-15 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0