Qarshida YPX xodimiga 500 ming som pora taklif qilgan haydovchi qolga olindi

14-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPX katta inspektoriga oz avtomashinasini vaqtinchalik jarima maydonchasidan olib chiqishda yordam sorab, 500 ming som pora taklif qilgan haydovchi qolga olindi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.13-dekabr kuni soat 12:00 larda Qarshi shaharida xizmat olib borayotgan katta serjant Doston Ergashov Matiz rusumli avtomashina haydovchisi xavfsizlik kamarini taqmasdan boshqarib kelayotganini korib, uni toxtatgan. Matiz haydovchisi esa inspektorning toxtash ishorasiga amal qilmasdan harakatini davom ettirgan.Nihoyat shaharning Amir Temur kochasida joylashgan Qarshi davlat universiteti yonida toxtatilgan avtomashina haydovchisidan boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari soralganda u hech qanday hujjat taqdim etmagan. Qoidabuzarga nisbatan mamuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan.Surishtiruvda qoidabuzar haydovchi Qarshi tumanida yashovchi fuqaro A.J. ekanligi malum boldi. Ertasi kuni fuqaro A.J. YPX katta inspektori katta serjant Doston Ergashovga uchrashib, avtomashinasini vaqtinchalik jarima maydonchasidan olib chiqishda yordam bersa, evaziga 500 000 som berishini bildiradi. 14-dekabr kuni soat 18:40 larda fuqaro A.J. Doston Ergashovga 500 000 somni pora sifatida berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qolga olindi, deyiladi xabarda.Mavzuga doir:Samarqandda IIB xodimiga qarindoshiga chora kormaslik uchun pora taklif qilgan fuqaro qolga olindiHozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro A.J.ga nisbatan jinoyat ishi qozgatilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0