Donald Trampga nisbatan impichment e’lon qilindi

AQSh Kongressining Vakillar palatasi Donald Trampning prezident lavozimidan chetlatilishi uchun ovoz berdi, deya xabar bermoqda Meduza.Kongressmenlar Trampni ayblovning har ikki moddasi — hokimiyat mansabini suiiste’mol qilish (216 ta ovoz zarur bo‘lgan holatda 230 ta ovoz oldi) va Kongress faoliyatiga to‘sqinlik qilish (229 ta ovoz oldi) bo‘yicha aybdor deb topdi. Har ikki holatda ham Respublikachilar partiyasi vakillari to‘liq tarkibda qarshi ovoz berdi.Trampga nisbatan hokimiyat mansabini suiiste’mol qilish bo‘yicha ayblov u Ukraina hukumatidan Jo Baydenning o‘g‘liga nisbatan tergov ochishga urinishlari ortidan e’lon qilingan — Jo Bayden bo‘lajak prezident saylovida Trampning asosiy raqibi sanaladi. Prezident impichment jarayoni doirasida olib borilgan surishtiruv ishlarida prezident ma’muriyatining ishtirok etishini taqiqlab qo‘ygach, unga nisbatan kongress ishiga xalal berish ayblov ilgari surilgan edi.Endi Trampning hokimiyatdan chetlatilishi uchun senatorlarning uchdan ikki qismi ushbu qarorni qo‘llab, ovoz berishi lozim. Tahlilchilarning fikricha, voqealarning bunday rivoji ehtimoli juda past, chunki Senatda ko‘pchilik o‘rin Respublikachilarga tegishli — Donald Tramp ham Respublikachilar partiyasi vakili.Tramp impichmenti Kongressning Vakillar palatasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan AQSh tarixidagi uchinchi prezidentga aylandi — bungacha bunday holat 1868-yilda Endryu Jonson va 1998-yilda Bill Klinton bilan yuz bergan. Jonsonning ham, Klintonning ham holatida ham Senat ularning foydasiga ovoz bergan va har ikkisi o‘z lavozimida qolgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0