Ozbekistonda suyunchi puli va dafn nafaqasi miqdori malum qilindi

Joriy yilning otgan 11 oyi holatiga kora, respublikada pensiya oluvchilar soni 3 302 195 nafarni, ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni esa 359 666 nafarni tashkil etmoqda. 2019-yil uchun pensiya tolovlariga Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgarmasi hisobidan 26,2 trillion som, nafaqa va kompensatsiya tolovi uchun esa davlat budjeti hisobidan 2,7 tirillion som ajratilgan. Bu haqda 18-dekabr, chorshanba kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Budjetdan tashqari pensiya jamgarmasi tomonidan 2019-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2020-yilga belgilangan asosiy vazifalar mavzusida otkazilgan matbuot anjumanida malum qilindi, deya xabar bermoqda Daryo muxbiri Mirolim Isajonov. Foto: DaryoTadbirda jamgarma boshqarma boshligi Nuriddin Sodixojayev suyunchi puli va dafn nafaqasi kimlarga qancha miqdorda berilishiga oid savolga atroflicha javob qaytardi.Bola tugilganda beriladigan va dafn marosimi uchun tayinlanadigan nafaqalar barcha fuqarolarga ajratiladi. Faqat odamlar tugilganlik va olim togrisidagi malumotnomalarni olib kelishi kifoya. Bu borada kam taminlangan, boquvchisini yoqotgan, degan tushunchalar ketmaydi, dedi Nuriddin Sodixojayev.Malum qilinishicha, joriy yilning otgan davri ichida dafn nafaqasi boyicha 140 mingta murojaat bolib, bunga 118 milliard som mablag ajratildi. Suyunchi puliga esa 710 mingta murojaat qilingan va buning uchun 298 milliard som pul sarflangan. Dafn marosimiga eng kam ish haqining 4 baravari, bola tugilganda beriladigan nafaqaga esa eng kam ish haqining 2 baravari miqdorida mablag ajratiladi.Nuriddin Sodixojayevning sozlariga kora, ayni paytda mazkur holatlar yuzasidan murojaat qilgan fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida tizimli ishlar olib borilyapti. Tajriba sifatida respublikaning 14 ta tuman va shahridagi davlat xizmatlari markazlari orqali murojaatlar qabul qilinmoqda. 2020-yilning fevral yoki mart oyidan boshlab esa ushbu jarayon toliq avtomatlashtirilishi rejalashtirilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0