Ronaldu gol urgan oyinda Yuventus galaba qozonib, A Seriyada peshqadamga aylandi (video)

Futbol boyicha Italiya A Seriyasining 17-turida 18-dekabr, chorshanba kuni Mauritsio Sarri boshliq Turinning Yuventus klubi mehmonda Sampdoriyani sinovdan otkazdi. Foto: Twitter/@juventusfcenUchrashuvning 19-daqiqasida keksa sinyora hujumchisi Paulo Dibala hisobni ochgan bolsa, 35-daqiqaga kelib mezbon jamoa yarim himoyachisi Janluka Kaprari hisobni tenglashtirdi (1:1). 45-daqiqada esa Turin klubi yetakchisi Krishtianu Ronaldu jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). Aynan shu gol turinliklarning galabasini taminladi va jamoa muhim 3 ochkoga ega boldi.Qayd etish joiz, oyinning 90-daqiqasida Sampdoriyaning goliga mualliflik qilgan Kaprari hakam tomonidan qizil kartochkoa bilan jazolandi.Mazkur galabadan song Yuventus ochkolari sonini 42 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida peshqadamga aylanib oldi. Sampdoriya esa 15 ochko bilan 17-orinda bormoqda.A Seriya17-tur bahsi18-dekabr, chorshanbaSampdoriyaYuventus 1:2Gollar: 0:1 19 Dibala, 1:1 35 Kaprari, 1:2 45 RonalduSampdoriya: Audero, Murru (Aujello, 76), Ferrari, Murilyo, Depaoli (Leris, 50), Linetti, Torsbyu, Ramires, Yankto (Gabbyadini, 61), Kaprari, KolliYuventus: Buffon, Demiral, Bonuchchi, Aleks Sandro (De Shilyo, 82), Danilo, Matyuidi, Pyanich, Rabyo, Ronaldu, Iguain (Remzi, 69), Dibala (Duglas Kosta, 77)Ogohlantirishlar: Yankto (43), Pyanich (59), Murilyo (61), Demiral (76), Kaprari (76), Ramires (90)Chetlatish: Kaprari (90)Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0