Adliya vaziri, AKT vaziri va Oliy Sud raisi parlament saylovlari va ularga tayyorgarlik haqida gapirdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov 22-dekabrda otadigan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalq deputatlari Kengashlariga otkaziladigan saylovlar va ularga tayyorgarlik jarayonlari haqida gapirdi. Foto: DaryoAKT vaziri, jumladan, axborot texnologiyalarini saylov jarayonlarida qollanishi saylovning ochiqligi va shaffof otishini taminlayotgani, saylovchilarning yagona elektron royxatining asosiy vazifalaridan biri bu bir saylovchi bir ovoz tamoyilini toliq, bexato amalga oshirish ekanligi, shuningdek, saylovchilarning yagona elektron royxatiga 20 milliondan ortiq fuqaro kiritilganini takidladi.Vazir saylov jarayonlari ochiqligi va shaffofligini taminlash uchun sinov tariqasida 60 ta saylov uchastkalariga 120 ta videokuzatuv kamerasi ornatilgani va mazkur qurilmalar saylovlar jarayonini togridan togri internet jahon tarmogiga uzatilishini malum qildi.Adliya vaziri Ruslanbek Davletov esa 22-dekabrda bolib otadigan saylovlarda ozodlikdan mahrum etilgan qariyb ikki ming nafar shaxs qonuniy ishtirok etishi mumkinligi, xorijda vaqtincha yoki doimiy yashayotgan fuqarolar, ularning murojaatlariga asosan xorijdagi saylov uchastkalaridagi saylovchilar royxatiga kiritilishi belgilangani, Adliya saylovga chorlaydi va Adliya chorlovi aksiyalari otkazilgani, shu bilan birga, saylovlarning har tomonlama yangicha ruhda, shaffof va haqqoniy otishi, bunda inson huquq va erkinliklari hamda saylov qonunchiligiga qatiy rioya etilishini taminlash bosh vazifa ekanligini bildirdi. Davletov fuqarolarni muhim siyosiy jarayonda faol ishtirok etishga chorladi. Oliy sud raisi Kozimjon KomilovFoto: DaryoOliy sud raisi Kozimjon Komilov Qonunchilik palatasiga saylovni haqiqiy emas deb topish togrisidagi qaror Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinishi, saylovlar yakunlangach on kun ichida ushbu qaror ustidan Oliy sudga murojaat qilishi mumkinligi, shuningdek, Ozbekistonda fuqarolarning saylov huquqi toliq kafolatlangani haqida tushuntirdi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0