Toshkentda avtoustalar Cobalt egasidan kelishilgan summaning to‘rt baravarini undirmoqchi bo‘ldi

Sergeli tumani IIO FMB tomonidan olib borilgan tergov davomida aniqlanishicha, joriy yil 30-noyabr kuni 31 yoshli muqaddam sudlangan Kamoliddin S. va 26 yoshli Doniyor K. 59 yoshli Ildar G.ga Cobalt rusumli avtomobil uchun ehtiyot qismlarni sotib, ularni o‘rnatib berishni va’da qilgan va mehnat uchun 250 000 so‘m so‘ragan. Foto: IIBB matbuot xizmatiAmmo ish tugaganidan so‘ng xizmatchilar 1 020 000 so‘m to‘lashni talab qilib, aks holda avtomobilini qaytarib bermasliklarini aytishgan.Ushbu fakt asosida Jinoyat kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0