Urganchdagi chaqiriluvchilarni tayyorlash markazida kursantlar uchun yangi oshxona foydalanishga topshirildi

17-dekabr, seshanba kuni Xorazm viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari boyicha tayyorlash markazida 100 nafar kursantga moljallangan va qayta tamirdan chiqqan zamonaviy oshxona binosining tantanali foydalanishga topshirish marosimi bolib otdi. Bu haqda Shimoli-garbiy harbiy okrug matbuot xizmati Daryoga malum qildi. Foto: Shimoli-garbiy harbiy okrug matbuot xizmatiXabar berilishicha, tadbirda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermonov, Shimoli-garbiy harbiy okrug qoshinlari qomondoni polkovnik Dilshod Choriyev, harbiy xizmatchilar, markaz oqituvchilari va kursantlari hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi. Foto: Shimoli-garbiy harbiy okrug matbuot xizmatiMarkaz oshxonasi 100 kishiga moljallangan bolib, u yerda Ozbekiston Prezidentining tashabbusi bilan Qurolli kuchlar tizimiga kiritilgan oziq-ovqat bilan taminlash tizimi autsorsing joriy etilgan. Oshxona Irdimzon qurilish xususiy korxonasi tomonidan qurilib, milliy dizayn hamda zamonaviy uskuna va anjomlar bilan jihozlangan. Foto: Shimoli-garbiy harbiy okrug matbuot xizmati Foto: Shimoli-garbiy harbiy okrug matbuot xizmatiTakidlanishicha, Ozbekiston Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boyicha tayyorlash tartibini takomillashtirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qaroriga asosan joriy yilning mart oyida Xorazm viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari boyicha tayyorlash markazi faoliyatini boshladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0