Toshkentda olib qochilgan Spark bir necha soatdan song egasiga qaytarildi

Joriy yilning 7-dekabr kuni soat 18:10 atrofida Shayxontohur tumani IIO FMBga 45 yoshli Rixsitilla M. murojaat qildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati malum qildi. Foto: IIBB matbuot xizmatiU oz arizasida taxminan soat 17:00 da uyi yonida Spark rusumli avtomobilini qoldirganligini, uyda bir soat atrofida bolib, uydan chiqqanida avtomobil yoqligini korib, 102 ga qongiroq qilganligini malum qildi.Rixsitilla M. mashina kalitini avtomobil salonida, avtomobilni esa ochiq qoldirganligini qoshimcha qildi.Jinoyat qidiruv xodimlari videokuzatuv kameralari yozuvlarini organib chiqdi. Natijada garazgoy olib qochilgan avtomobilda qayerga yonalganligini aniqlandi.Spark bir necha soatdan song Yunusobod tumanidagi kafe avtoturargohida topildi. Avtomobildan davlat raqamlari yechilgan, mashina kaliti ham yoq edi.Toshkent shahar IIBB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari avtomobilni kozdan kechirib, bir nechta barmoq izlarini topdi. Olib borilgan daktiloskopik ekspertizaning xulosasiga kora, barmoq izlari qashqadaryolik 23 yoshli Farrux K.ga tegishli bolgan.10-dekabr kuni Shayxontohur tumanidagi Chorsu bozorida patrul-post xizmati xodimlari Farruxni tanib, uni qolga oldi. Foto: IIBB matbuot xizmatiSoroq davomida Farrux K. qilmishini tan olib, olib qochilgan avtomobilning davlat raqamini qayerga tashlaganini malum qildi. Aytilgan joy kozdan kechirilganda avtomobil davlat raqamlari topilib, egasiga qaytarib berildi.Farrux K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) boyicha jinoiy ish qozgatildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0