Qashqadaryoda nomusi toptalgan 15 yoshli qizning huquqlari Xotin-qizlar qomitasi tomonidan himoya qilinadi

Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi tomonidan jurnalist Barno Sultonovaning murojaatida va bazi ijtimoiy tarmoqlarda qayd etilgan qashqadaryolik qiz N.B.ning taqdiri yuzasidan davlat va nodavlat tashkilotlar vakillaridan tarkib topgan Ishchi guruh tuzilib, holat joyiga borib organildi. Bu haqda qomita matbuot xizmati xabar berdi.Murojaat matnida shunday deyiladi:Buni men Respublika xotin-qizlar sahifasiga va lichkasiga yozdim, umid qilaman, javob bolishigaDunyolarni yuqoridagilarga sovga qilib ketmoqchiman, deb yozibdi respublika xotin-qizlar qomitasiga yozgan oz maktubida qashqadarayolik nomusi toptalgan, ammo nomusini toptagan odam bir chetda qolib, boshqalarni robaro qilayotgan, hattoki qizni fohishalikda ayblayotgan (oqituvchining14 yoshli qizi qanday fohishalikka ulguradi) farzandi birovlarga berib yuborilgan, lekin haqiqat topolmayotgan 15 yoshli N.B. Uning onasi boshini kotarolmay qolgani, atrofidagi odamlarning tanasidan xorliklarga chidolmay ikki marta oz joniga qasd qildi.Birinchisida 40 foiz kuyib omon qoldi, ikkinchisida ozini osganda mana shu qizi ipni pichoq bilan kesib qutqarib qolgandi. Endi esa qiz dori ichib oz joniga qasd qilibdi. Ammo u onasining doxtirga olib chopishlari tufayli tirik qolgan. Bu safar ona qizini olimdan olib qoldi. Munchalar bizning yurtda inson, ayol qadri bir chaqalik qimmati yoga. Ikki ayol adolat izlab hayotdan toymoqda, hayotdan toydirishmoqda. Ularni junglidan, yovvoyi odamlar, ormondagi vahshiy hayvonlardan qutqaradigan nahotki birorta mard yoq.Osha chirkin jamiyatdan, muhitdan olib chiqib ketadigan chora-tadbir yoq. Men ikki ayolning quyoshi qanday otayotganini, qanday botayotganini tasavvurimga sigdirib qorqib ketayapman. Kunlari qanday otayapti, tanayu dashnomlardan yegan luqmasi tomogidan qanday otayapti. Birgina nomus toptalishi orqasidan nega ularga buncha malomat. Nomusi toptalishi ortidan ikki ayolning taqdiri izdan chiqib ketdi, umri talash boldi. Bunga javobgar bolgan aybdorlar qanday jim kuzatib turibdi ularning ahvolini, qanday uxlayapti? Maktab direktori qizning nomusini toptagan deb gumonlanayotgan yigit (qizning uyiga temir sorab chiqqan qoshni yigit, qiz podvalga kirganda zorlagan)ning qarindoshi ekan.Qizning onasi depressiyaga tushib kasal bolib qolgach tuzalib ishga qaytmoqchi boladi. Ammo ishdan haydashadi, loaqal farroshlikni bering ishlay desa, quvib solishibdi. Bir qizning umrini dozaxga aylantirgan yigit olgur seni qanday yer kotarib turibdi. Nohaqlik qilayotgan ichki ishlar xodimlari, oqituvchilar senlarni ham ayol tuqqanmi... Bunday xorliklar, tahqirliklarning chek chegarasi bormi? Yoki ularning umriga zomin bolib qutulasizlarmi? Lekin keyin bu yuk bilan qanday yashaysizlar?.Xotin-qizlar qomitasi matbuot xizmati xabarida aytilishicha, ushbu voqea ikki tomonning (yani qiz va yigitning onalari) kelishuvi asosida yashirilgan, tugilgan bola ikki tomonning ozaro boladan tonishi oqibatida tuman tugruq kompleksi tomonidan boshqa oilaga vasiylik belgilab berib yuborilgan (qonunda bolani ochiqlash mumkin emas).Hozirda qizning onasi avvalo sogligini tiklab olishi, keyinchalik ishga qaytishining imkoni yaratildi. Yigitga qarindosh hisoblangan maktab direktori lavozimidan boshatildi. Bu holatda asosiy jabrdiyda bolib qolayotgan qiz N.B.ni reablitatsiya qilishning choralari korilmoqda.Biroq, mazkur jarayonda hozircha ochiqlanishi mumkin bolmagan, chuqur organish va tahlilni talab etadigan (masalan: tarafkashlik, mansab talashish, yigitning DNK tekshiruvi, qizning xatni yozgan-yozmagani, dori ichgan-ichmagani va hokazo) kabi holatlarda noaniqliklar mavjud bolgani bois, ishga toliq aniqlik kiritish va yakuniga yetkazishni Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev hamda Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi raisi Elmira Bositxonova shaxsan nazoratiga oldi.Yakuniy xulosa yuzasidan ornatilgan tartibdaaxborot beriladi, deyiladi xabarda.Noyabr oyi boshida Qashqadaryoning Koson tumanida 15 yoshli oquvchi qizning ona bolgani haqida xabar berilgan edi.Mavzuga doir:Kosonda oquvchi qiz 15 yoshida ona boldi. Maktab rahbariyati, tuman XTB va tuguruqxona masullari hodisani bir yildan ortiq yashirgan15 yoshida ona bolgan oquvchi qiz va chaqalogi haqida darhol xabar berilgan. Qashqadaryo sogliqni saqlash boshqarmasi IIB tarqatgan malumotni rad etmoqda

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0