Monopoliyaga qarshi kurash qomitasi Muborakda tadbirkorning bino qurish muammosini hal qildi

Ozbekiston Monopoliyaga qarshi kurash qomitasi Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida Buyuk kelajak sari MChJ rahbari Elnura Mirzayevaning bino qurish boyicha yuzaga kelgan muammosini yechishda yordam korsatdi. Bu haqda qomita tomonidan xabar berildi.Malum qilinishicha, tadbirkor 20182019-yillarda Har bir oila tadbirkor dasturi doirasida ozining biznes loyihasi asosida imtiyozli kredit olgan. Olingan kredit mablagiga qurilish materiallari, uskuna, jihozlar xarid qilgan va har oyda olti million somdan kredit tolab kelgan.Tadbirkor Muborak tumani Konchilar MFY sanoat zonasi hududidan tanlangan 600 kvadrat metr yer maydonida qurilishi rejalashtirilayotgan avtotransport vositalariga texnik xizmat korsatish binosi joylashuvi joyini Qashqadaryo viloyati arxitektura-shaharsozlik kengashining yigilishida korib chiqilishi uchun hujjatlar taqdim etgan.Biroq ajratilgan yer maydoni boyicha tadbirkor barcha ruxsat olish jarayonlaridan otganligiga qaramasdan, Qashqadaryo viloyati Qurilish bosh boshqarmasi hech qanday sabablarsiz tayyor hujjatni 2019-yilning avgust oyidan buyon tasdiqlab bermagan.Tadbirkor kotargan masala qomita tomonidan organildi va yer maydonida loyihalash va qurilish ishlarini amalga oshirishda hech qanday tosiqlar mavjud emasligi malum boldi. Shunga kora, qomitaning aralashuvi bilan avtotransport vositalariga texnik xizmat korsatish binosi joylashuvi ornini Qashqadaryo viloyati Qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi Qashqadaryo viloyat arxitektura-shaharsozlik kengashi bir kun ichida tasdiqlab berdi.Shu tariqa, tadbirkorga Muborak tumanida 5 ta yangi ish orin yaratiladigan biznes loyihasini amalga oshirishga imkoniyat yaratildi, deyiladi qomita xabarida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0