Ozbekiston va Turkiya oliy saylov organlari ortasida memorandum imzolandi

18-dekabr, chorshanba kuni Ozbekiston Markaziy saylov komissiyasi va Turkiya Respublikasi Oliy saylov kengashi ortasida hamkorlik memorandumini imzolashga bagishlangan tadbir bolib otdi. Foto: MSK matbuot xizmatiMSK matbuot xizmatining xabar berishicha, ikki mamlakat oliy saylov organlari ortasida imzolangan memorandumda tomonlarning saylovlarga tayyorgarlik korish va otkazish amaliyotini yanada takomillashtirish, saylov jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, kadrlarning malakasini oshirish kabi yonalishlar boyicha ozaro hamkorligi kozda tutilgan.Joriy yilning 22-dekabr kuni bolib otadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlarni umumetirof etilgan xalqaro saylov standartlariga binoan koppartiyaviylik, muqobillik va ochiq-oshkora otkazish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda yangilangan milliy saylov qonunchiligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.Jumladan, Ozbekistonning xorijda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolari uchun ovoz berish imkoniyatining yaratilgani milliy saylov tizimidagi ana shunday muhim yangiliklardandir. Avvallari bunday siyosiy tadbirda faqat konsullik vakolatxonalaridan rasman royxatdan otgan ozbekistonliklar ozlarining konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan.Endi chet elda vaqtincha yoki doimiy yashayotgan Ozbekistonning barcha fuqarolari 40 ga yaqin mamlakatda tashkil etilgan ellik beshta saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin. Bunday saylov uchastkalari Turkiyada ham ochildi.Xabarda aytilishicha, Turkiya Oliy saylov kengashi raisi Sadi Gyuven oz taraqqiyotining yangi, demokratik bosqichiga qadam qoygan Ozbekistonda amalga oshirilyotgan ulkan ozgarishlarni Turkiya ahli katta qiziqish va hayrixohlik bilan kuzatib turganini takidladi. Barcha sohalar rivojida ochiqlik, oshkoralik, demokratiya tamoyillariga ulkan etibor qaratilayotgani kelayotgan yakshanba kuni otajak saylovlarda ham oz ifodasini topishiga ishonch bildirdi.Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga bolajak saylovda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish borasidagi taklifi uchun Ozbekiston tomoniga minnatdorlik bildirgan.Mavzuga doir: MSK raisi orinbosari: 60 ta saylov uchastkasida ovoz berish jarayoni jonli translyatsiya qilinadi Ozbekistonda 22-dekabrdagi saylovda ishtirok etadigan saylovchilar soniga aniqlik kiritildi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0