Nega qiziqchilarga birorta mukofot yoq?. Shukrullo Isroilov ozbek qiziqchilariga etibor yoqligi haqida gapirdi (video)

Xalqlar dostligi sanat saroyida Mavsum xitlari2019 taqdirlash marosimi bolib otdi.Mavsum xitlari2019 taqdirlash marosimida mehmon bolgan qiziqchi Shukrullo Isroilov Daryo muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida qiziqchilarga etibor yoqligi, ular uchun birorta mukofot yoki taqdirlash marosimi tashkil qilinmaganligi haqida gapirdi.Qiziqchi mukofot olmaydi-ku, qiziqchiga mukofot xalqning olqishi. Eng keragi xalqning nazaridan qoymasin. Bilmadim nega mukofot yoq, hozir shu gapni sahnada gapirdim. Sardor Tairovga mukofotni topshirdik. Nega endi xonanda, raqqosalarga mukofot bor-u, qiziqchilarga yoq. Hech bolmasa diplom ham yoqda, etibor yoq. Yoki bular qiziqchini qopol qilib aytganda mensishmaydimi? Lekin, bundoq oylab qarasangiz ijtimoiy tarmoqlarda eng kop koriladigani qiziqchilar boladi. Mana masalan birorta sanatkorning konsertida qiziqchilik qilishga chiqsam, ana osha videolar YouTubeda million martalab koriladi. Soz ustasi, qiziqchilik ham bir sanat. Bu juda qiyin sanat.Mana Hojiboy Tojiboyevga haykal qoyildi. Syomkada edim, afsus ushbu marosimga borolmadim. Shu insonni Alloh rahmat qilsin. Shaxsan ozim Hojiboy akani juda hurmat qilar edim. Sababi, uning har bitta konsertidagi samimiy sozlariga mazza qilib kulamiz. Togri, qiziqchilar kop, lekin hammasining oz yoli bor. Masalan men Hojiboy aka yonalishida qiziqchilik qilolmayman, qila olaman, lekin uning darajasidek emas. Uning yonalishida mana Avaz Oxun ijod qilmoqda.Har bitta qiziqchining oz muxlisi, oz yonalishi bor. Mana biz ham har yili konsert beramiz. Ikki yilda bir marta bolsa ham konsert qilamiz. Men 34 yildan beri Shukur shou qilaman. Konsertlarimning koruvchilar soni kop boladi. Lekin shu yil yakunida nimadir bolish kerak-da baribir. Sanatkorlarga Mavsum xitlari bolsa, qiziqchilarga Mavsum eng chiroyli sozlari yoki shunga oxshash biror narsa oylab topish kerak yoki shu konsertda birorta qiziqchi chiqib, muammolarni gapirsa, oxirida diplom yoki shunga oxshash mukofot berilsa yaxshi bolardi.Bu ham bir kichik etibor hisoblanadi. Mana hozir bu yerda hamma chiqib fonogramma qilyapti, lekin biz jonlida gapiryapmiz. Buning ham farqi bor. Ozi hozirda qiziqchilar juda kam.Shukrullo Isroilov, qiziqchi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0