Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning yirik kompaniyalarini Ozbekistonga taklif etdi

Shavkat Mirziyoyev 18-dekabr, chorshanba kunining ikkinchi yarmida Tokio shahridagi Akasaka qarorgohida Yaponiya bosh vaziri orinbosari, moliya vaziri Taro Asoni qabul qildi. Foto: Prezident matbuot xizmatiPrezident matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuvda investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirish hamda qishloq xojaligi, energetika va boshqa sohalarda qoshma loyihalarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.Tashrif davomida soliq sohasi va bojxona ishi boyicha imzolanayotgan ikki tomonlama bitimlar ahamiyati qayd etilib, bu uzoq muddatli ishbilarmonlik aloqalarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishi takidlandi.Shu kuni Prezident Yaponiya parlamentining Ozbekiston bilan dostlik ligasi vakillari bilan ham uchrashgan. Tadbirda ushbu liganing qator azolari, jumladan, uning raisi Taro Aso ishtirok etgan. Foto: Prezident matbuot xizmatiQayd etilishicha, muloqot chogida mamlakatlar amaliy hamkorligini kengaytirish, Ozbekiston va Yaponiya xalqlari dostligini mustahkamlashning dolzarb masalalari korib chiqilgan. Parlamentlararo forumning ikkita qoshma majlisi bolib otgan. Uning uchinchi majlisini Toshkentda otkazish togrisida kelishuvga erishilgan.Mavzuga doir:Ozbekiston Prezidenti va birinchi xonimi Tokioda qanday kutib olindi? (foto)Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Tokio shahrida Yaponiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv otkazdi. Unda JETRO, JICA, JABIC, NEDO, JOGMEC, Mitsubishi, Itochu, Sumitomo, Marubeni, Isuzu kabi korporatsiya va kompaniyalar, moliyaviy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etgan.Uchrashuv avvalida 16-dekabr, dushanba kuni Tokioda bolib otgan YaponiyaOzbekiston biznes forumi natijalari haqida axborot berilgan.Prezident Yaponiya kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalarini Ozbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etishga taklif etgan. Foto: Prezident matbuot xizmatiYaponiya bizning strategik sherigimiz. Ozbekistonda iqtisodiyot tarmoqlari va infratuzilmani modernizatsiya qilish boyicha hamkorlikda kop ishlar qilindi. Biz bu aloqalar tarixida yangi sahifa ochish niyatida keldik. Savdo, energetika, geologiya, kimyo, transport, turizm, meva-sabzavotlarni qayta ishlash va xizmat korsatish tarmoqlarida imkoniyatlar, yangi loyihalar kop, degan Shavkat Mirziyoyev.Shuningdek, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan ushbu yangilanishlar natijasida Jahon bankining Biznesni yuritish2020 reytingida Ozbekiston oxirgi bir necha yil ichida 100 pogonaga kotarilib, 69-orinni egalladi hamda yigirmata eng namunali islohotchi davlat qatoriga qirgani, yangi korxona ochish qulayligi boyicha Ozbekistona ilk bor dunyoda sakkizinchi orinni egallaganini takidlab otgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0