Hammamiz shokdamiz. Quruvchilardan biri Yunusobod metrosidagi avariya qanday yuz berganini sozlab berdi

Mavzuga doir:Yunusoboddagi metro qurilishida yuz bergan avariya joyida 4 kishining jasadi topildi18-dekabr, chorshanba kuni soat taxminan 10:00 atrofida Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan Yunusobod yonalishi qurilishida yer opirilishi oqibatida avariyasodir boldi. Foto: Gazeta.uzRepost ushbu obyektda tort kundan buyon ishlayotgan ishchilardan biri bilan boglandi. Ishchining iltimosiga binoan uning ismi ozgartirildi.Aziz (ism ozgartirilgan) viloyatdan kelgan. Quyida uning hodisa qanday yuz bergani haqidagi hikoyasi keltiriladi:Obyektda bugun tortinchi kun ishlashim. Metro besh oydan beri qurilmoqda. Ishchilar bir necha smenada ishlamoqda. Men oz viloyatimdagi qurilish kompaniyasida bir yildan ortiqroq muddatda ishlab kelyapman. Aynan shu kompaniya meni metro qurilishiga yuborgan edi. Bu yerga ishga kelgan birinchi kunimdayoq orqaga qaytib ketishni xohlaganman. Metro qurilishiga jalb etilgan quruvchilarning bachasi Jomiy aylanmasida joylashgan plastkart vagonlarda yashaydi. Bitta vagonda 50 nafardan koproq odam joylashgan. Birinchi kundanoq bizning boshligimiz bir necha xodimni dam olgani va chekkani uchun ishdan haydadi. Yashash sharoitlari va bu yerdagi muhitni korib osha kuniyoq orqaga qaytib ketishni xohlaganman.15 kun ishlaymiz, 34 kun dam olamiz, keyin yana ishga chiqish kerak boladi. Oylik 35 soat uchun tolanadi. Qolimizga 1,5 million somga yaqin pul olamiz. Nonushtaga ikkita qaynatilgan tuxum, bir nechta bolak non va choy berishadi. Tushlikka osh va non, kechki ovqatga makaron va guruch. Men kechki ovqatni yemayman, dokondan u-bu narsa olib yeyman. Har kuni soat 6:00 da podyom. Soat yettida biz obyektga borib, tungi smena ishchilari bilan orin almashamiz. Boshliqlar qanday topshiriq bersa, hammasini bajaramiz. Bir kunda 1011 soatlab ishlaymiz. Ishimiz ogir.Bugun soat 10:20 da fojia yuz berdi. Men oshavaqt yaqin joyda turgandim.DSP, armaturalarning qarsillagan ovozi eshitildi, ogir narsa qulagandek boldi. Odamlarning baqirganini eshitdim, lekin kim baqirganini tushunmadim. Hamma metro opirilgan joyga yugurdi.U yerda soyabon bor edi. Kuchli yomgirdan suv toplanib, devorlar ikki tomondan suv bilan yuvilardi. Pastda esa beton quyish uchun moljallangan DSPlarni ushlab turgan taxtalar bor edi. DSP ustida esa armatura tori. Odamlar yuqorida ishlayotgan edi, ayrimlar pastdagi soyabon ostida yomgirdan pana qilib turgan edi. DSP, armatura torlari, beton va tuproq odamlar ustiga qulab ketdi. Kabellar uzilib, qurilish materiallarining qarsillagan ovozi eshitildi. Qorqib ketdik. Hammamiz haligacha shokdamiz.Soat 13:17 da avariya oqibatida hech kim jabrlanmagan debSogliqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bergandi. Biroq,vazirlik voqea guvohi bolgan 1975-yil tugilgan qashqadaryolik B.M. ushbu holatdan qattiq stressga tushib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida tibbiy yordam korsatilayotganini malum qilgandi.Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, pudratchi qurilish tashkilotlarining kuch va vositalari yordamida yuzaga kelgan holat bartaraf etilayotgani, avariya oqibatida 250 metr kub tuproq opirilib tushgani haqida xabar berdi. Foto: OzAUzReport telekanali oz manbalariga asoslanib tarqatgan xabarlarga kora,tuproq ostida20 nafarga yaqin quruvchi bolgani,ularning birontasi omon qolmagan.Mavzuga doir:Yunusoboddagi metro qurilishida opirilish yuz bergan joy ostida 20 nafarga yaqin quruvchi bolganShuningdek,Vazirlar Mahkamasi 18-dekabrdagi farmoyishi bilan Toshkent metropoliteni Yunusobod yonalishining qurilayotgan qismida sodir bolgan hodisa sabablari va oqibatlarini organish hamda zudlik bilan bartaraf qilish boyicha hukumat komissiyasi tuzilganini malum qildi.OzAningyozishicha, opirilgan joyning hali tortdan bir qismi ham qazib ulgurilmagan. Foto: Gazeta.uzAyni paytda Bosh prokuratura, IIV, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan qidiruv-surishtiruv ishlari davom etmoqda.Mavzuga doir:Yunusoboddagi metro avariyasida kamida 2 kishi halok bolgani taxmin qilinmoqda

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0