Kechikkan El-Klasiko

Kataloniyadagi tartibsizliklar sabab millionlab muxlislar orziqib kutgan Barselona hamda Real ortasidagi uchrashuv 26-oktabrda emas, balki 18-dekabrda bolib otishi qaysidir manoda muxlislarning hovurini biroz bolsa-da bosilishga olib keldi. Biroq jamoalar El-Klasikoga shunday korinishda yetib keldiki, oyinga bolgan qiziqish yanada ortdi, nazarimizda. Foto: DGSBoisi, La Ligada 17-tur ortda qoldi. 16 tadan oyin otkazgan ikkala jamoaning ochkolari teng. Topurarlar borasida ham tenglik. Messi va Benzema raqiblarini bir xil 12 martadan ranjitishga erishdi. Togri, bu jamoalar maydonga tushganda musobaqa jadvalidagi orin ahamiyat kasb etmaydi.Lekin Kamp Noudagi oyin bu safar boshqacharoq, yani musobaqa peshqadamligi uchun kechishi ham rad etib bolmas fakt.Mavzuga doir:Barselona yana Realga qarshi. El-Klasiko borasidagi bilimlaringizni sinab koringBarselonaBarselona ham avvalgi El-Klasikolardan farqli olaroq hozir ota optimal formasida emas. Togri Leo Messi va Luis Suares tandemi songgi oyinlarda raqiblarning dodini bermoqda. Yozda 125 million yevroga sotib olingan Antuan Grizmann esa hamon katalon klubiga moslashish bilan band. Har holda uning oyinlari shuni korsatmoqda. Bundan tashqari, klubning koplab muxlislari Barselona korsatayotgan oyin va Ernesto Valverdening ishidan norozi. Ammo Messi deb atalmish dahoning borligi ushbu jamoadagi kamchiliklarni yopib qoyayotgani ayni haqiqat. Biroq Messi ham butun jamoa emasligi Mersisayd, Rimdagi kabi (otgan yilgi Chempionlar Ligasi yarim finalida Liverpulga yutqazgandi, undan oldin esa Romaga) bahslarda korinib qoladi. Shunday ekan, bugungi oyinda Barselona yaqqol favorit emas.Ammo Messi va Kamp Nou bugun Barselonaning biroz bolsa-da ustunligini ozida ifoda etadi. Katalonlar darvoza va maydon markazidan xavotirlanmasa bolaveradi. Markazda ilk El-Klasikosini orziqib kutayotgan Frenki de Yong allaqachon kataloniyaliklar yoqimtoyiga aylanib ulgurdi. Serxi Buskets esa bir maromda oynashni davom ettirmoqda. Faqatgina Artur jarohat sabab bugungi bahsni otkazib yuboradi. Uning ornini esa Ivan Rakitich hamda Arturo Vidal yopishga harakat qiladi. Biroq himoya haqida bunday deb bolmaydi. Himoyada muammolar borligini jamoaning kop gol otkazib yuborayotganidan ham bilsa boladi. Ammo darvozadan kongilni toq qilish mumkin. Boisi Mark Andre ter-Shtegen ayni damda dunyoning eng yaxshi posbonlaridan biri ekanligini deyarli har bir bahsda isbot etmoqda.Mavzuga doir:Raqamlar sozlaganda: Barselona Real oyiniga oid qiziqarli fakt va statistikalarRealReal haqida ham Barselonaga uyqash fikrlarni bildirish mumkin. Zinedin Zidan klub boshqaruviga qaytganidan beri yangi jamoani shakllantirish bilan ovora. Nimadir endi oxshadi deb turganda, kutilmagan jarohatlar Realga xalaqit berib qoymoqda. Avvaliga Markos Asensio, Xames mana endi Marselo va Azar. Yozda katta umidlar bilan olib kelingan Eden Azar jamoaga endi moslashib ulgurdi degan vaqtda jarohat oldi. Ha, Azarning songgi bahslaridagi harakatlari uning Qirollik klubi yetakchisiga aylanayotganidan dalolat beradi. Togri, u kam gol urmoqda, biroq uning maydonda bajarayotgan foydali ish koeffitsiyenti sabab Karim Benzema La Ligada topurarga aylandi. 18 yoshli Rodrigo esa jamoaning ikkinchi raqamli topurari bolib turibdi. Azarning butun maydon boylab harakatlanishi va raqiblarning uni yopishga intilishi sababdan Benzema va Rodrigo juda katta bosh hududga ega bolmoqda. Azarning jarohati jamoa oyiniga tasir qilmasdan qolmaydi, albatta. Marseloning jarohati haqida ham shunday fikr bildirish mumkin. Togri, Ferlan Mendi bor, biroq uning hujumdagi faolligi braziliyalik darajasida emas. Real muxlislarini xursand qiladigan bir jihat bor. Bu ham bolsa, Zidanning yangi topilmasi Federiko Valverde. Zidan Real boshqaruvini birinchi marta qolga olganda Kazemiro maydon markazidagi asosiy bogin vazifasini otagandi. Hozir esa Kroos va Kazemiroga asosiy yordamchi vazifasini Modrich emas, balki Valverde otab bermoqda. Aynan uning ong qanotga yaqin hududdagi ishonchli harakatalari sabab 2018-yilgi Oltin top sohibi Luka Modirch koplab oyinlarni zaxiradan kuzatishga majbur bolmoqda. Vaqtida Zidan Mateo Kovachichni Leo Messiga qoriqchi sifatida qoygan va xorvat buni yaxshi uddalagan edi. Bugung ham, balki, Fede shunday vazifani bajarishi ehtimol.Mavzuga doir:El-Klasiko oldidan murabbiylar va futbolchilar qanday fikrda?Uchrashuv uchun taxminiy tarkibimiz esa quyidagicha:Barselona: Ter-Shtegen Serxi Roberto, Pike, Langle, Xordi Alba Rakitich, Buskets, De Yong Grizmann, Suares, Messi.Real: Kurtua Ramos, Varan, Karvaxal, Mendi, Kroos, Kazemiro, Valverde Beyl, Benzema, Rodrigo.Demak, otkazib yubormang 19-dekabrga otar kechasi soat 00:00 da Kamp Nouda: Kechikkan El-Klasiko.Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0