Tashkent Cityda Hojiboy Tojiboyev haykalining ochilish marosimi bolib otdi (foto+video)

Ozbekiston va Tojikistonda xizmat korsatgan artist Hojiboy Tojiboyevning Tashkent City majmuasidagi istirohat bogi tarkibida ornatilgan haykalining ochilish marosimi bolib otdi. Bu haqda Daryo muxbiri Feruz Muhammad xabar bermoqda. Foto: DaryoMarosimda jurnalist, boshlovchi Muhabbat Hamroyeva boshlovchilik qildi. Hojiboy Tojiboyevning haykali ochilish marosimida Ozbekistonda xizmat korsatgan jurnalist Ashraf Jorayev, Ozbekistonda xizmat korsatgan artist Mirzabek Xolmedov, Madina Muhtorova, Hojiakbar Komilov, kulgu ustasi Valijon Shamsiyev, Hojiboy Tojiboyevning rafiqasi Shahlo Tojiboyeva, qizlari Intizor, Ruhangiz va Madinabonu Tojiboyevalar hamda Hojiboy Tojiboyevning yaqinlari, shogird va muxlislari ishtirok etdi.Marosimga yigilgan soz va kulgu ustalari, Hojiboy Tojiboyevning shogirdlari Hojiboy Tojiboyevni xotirladi, uning ozbek qiziqchilik sanatida tutgan orni, kundan kunga uning sanati ommalashib borayotgani haqida sozladi. Foto: Daryo Foto: Daryo Foto: Daryo Foto: Daryo Foto: Daryo Foto: Daryo Foto: DaryoMalumot uchun, Ozbekiston va Tojikistonda xizmat korsatgan artist Hojiboy Tojiboyev 1955-yil 25-avgust kuni tugilgan. Buxoro-o-o!, Kalla qoygan Zidan, Borma, kuyasan! Ana kuyding!, Hozir borib sev!, Yangi boylar va traktorchilar haqida kabi koplab iboralari va hazillari bilan ozbek tomoshabinlariga yaxshi tanish. Hojiboy Tojiboyev 2008-yili 53 yoshda vafot etgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0