AQSh kompaniyasi quyosh nurlaridan quvvatlanuvchi simsiz quloqchinlarni namoyish etdi. Ular deyarli cheksiz ishlaydi

AQShning JBL kompaniyasi Reflect Eternal simsiz quloqchinlarni ishlab chiqarish uchun ijodiy loyihalarni moliyalashtirishga yordam beruvchi Indiegogo saytida mablaglar yigishni boshladi, deb xabar bermoqda TJournal. Foto: JBL Reflect EternalQayd etilishicha, ushbu quloqchinlarning eng muhim xususiyati quyosh energiyasidan quvvatlanishidir. Shu sababli JBL ular deyarli cheksiz ishlashini takidlamoqda.Kompaniya Shvetsiyaning Exeger kompaniyasining Powerfoyle materialidan foydalanadi u quloqchinlarning chambarak (obodok)ini qoplab turadi. Qurilma yaratuvchilarning takidlashicha, ushbu material quloqchinni doimiy quvvatlantirish uchun quyosh nuri va hatto suniy nurni energiyaga aylantirib beradi. Ammo togridan togri quyosh nuri tasir qilmasa, quvvatlantirish jarayoni sezilarli darajada sekinlashadi.JBLda takidlanishicha, ideal sharoitdagi kochada bir yarim soat bolish qurilmada 68 soat musiqa tinglash uchun yetadi. Ikki yarim soat bolish esa quloqchining deyarli cheksiz ishlashiga imkoniyat yaratadi.Shu bilan birga, Reflect Eternal quloqchinini ananaviy usulda kabel yordamida quvvatlantirish mumkin. Qurilma yaratuvchilari bunday usulda 15 daqiqa quvvatlantirilsa, quloqchin 2 soat ishlashini aytmoqda.Hozircha ushbu quloqchinlar konsept boshqichida turibdi. U 2020-yilda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Qurilma AQSh va Germaniyada 165 dollarda sotiladi, ammo birinchi bolib buyurtma qilganga chegirma narxda, 99 dollarda sotiladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0